Qirqquloqdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qirqquloqdoshlar — qirqquloqnamolar yoki siateyanamolar qabilasiga mansub oila. 50 ga yaqin turkumi, 1500 ga yaqin turi maʼlum. Q. Yer yuzida keng tarqalgan. Oila vakillarining ildizpoyalari yoʻgʻon, ayrimlarining poyalari shoxlangan va tashqi tomonidan qoʻngʻir rangli tangachalar bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon. Oval yoki dumaloq shakldagi soruslari barglarining ostki tomonida joylashgan. Yumshoq, seret va shirin ildizpoyasida glyukozid, olma kislotasi va saponinlar boʻladi. Bargi va ildizpoyasining qaynatmasi tibbiyotda ishlatiladi. Oilaning baʼzi turlari barglari uchun manzarali oʻsimlik sifatida gultuvaklarda oʻstiriladi.