Kontent qismiga oʻtish

Qirgʻizistonda futbol

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qirgʻizistonda futbol

Kutman Kadyrbekov Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi safida.
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot Qirg‘iziston Respublikasi Futbol Federatsiyasi
Qachondan beri 1992-yil
Mintaqa Osiyo

Qirgʻizistonda futbol sport turini Qirgʻiziston Futbol Federatsiyasi boshqaradi. Uyushma milliy futbol jamoasini, shuningdek, Qirgʻiziston ligasini boshqaradi[1][2][3][4]. Futbol mamlakatda eng ommabop sport turidir.

Qirgʻiziston milliy terma jamoasi oʻzining ilk oʻyinini 1992-yil 23-avgustda Toshkentda Markaziy Osiyo kubogi doirasida oʻtkazib, Oʻzbekistonga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan[5][6].

1994-yilda Qirg‘iziston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va FIFAga aʼzo boʻlib, ular homiyligidagi xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan. 1990—2000-yillarda Qirgʻiziston milliy terma jamoasi muntazam oʻynamagan – masalan, 1995, 1998, 2002 va 2005-yillarda bironta ham oʻyin oʻtkazmagan. Shuningdek, 1996-yilda qirgʻizistonlik futbolchilar Osiyo kubogi saralash bosqichidan, 1997-yilda esa jahon chempionati saralash bosqichidan oʻta olishmagan. 2007-yilgi Osiyo kubogining saralash bisqichida Qirgʻiziston terma jamoasi FIFA reytingida pastroq oʻrinda turganligi sababli ishtirok etmagan[6].

Qirgʻizistondagi futbol stadionlari sigʻimi boʻyicha

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stadion Joylashuvi Sigʻimi Ijarachilari Surati
Dolen Omurzakov stadioni Bishkek 23,000 Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi
  1. „Kyrgyzstan maintain incremental growth“. Fifa.com. 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-mart. (Wayback Machine saytida 2014-05-29 sanasida arxivlangan)
  2. „Kyrgyzstan is Both a Haven and Dumping Ground for West African Soccer Players - VICE Sports“. 2017-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2017-yil. (Wayback Machine saytida 2017-03-03 sanasida arxivlangan)
  3. „Introducing Kyrgyzstan, the Asian Cup's debutant in waiting“ (15-iyun 2015-yil). Qaraldi: 3-mart 2017-yil.
  4. Rickleton, Chris „Reflecting Kyrgyzstan’s Woes, Local Football Struggles to Survive“ (18-avgust 2010-yil). Qaraldi: 3-mart 2017-yil.
  5. „Узбекистан - Киргизия - 3:0 23.08.1992“. footballfacts.ru. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
  6. 6,0 6,1 „Сборная Киргизии по футболу: протоколы, история, футболисты, тренеры“. footballfacts.ru. 2021-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.