Qayrat Oʻtaboev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Qayrat Komilovich Oʻtaboev | ||
Tavallud sanasi | 16-iyul 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-noyabr 2014-yil uchun) |
Qayrat Oʻtaboev (qozoqcha: Қайрат Кәмілұлы Өтебаев); 16-iyul 1980-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek — qozoq sobiq futbolchisi, himoyachi.[1]
Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qayrat Oʻtaboev Oʻzbekiston SSR poytaxti chekkasida tugʻilgan, ammo millati qozoq.[2] 2000-yili „Paxtakor“ safida O‘zbekiston chempionatida debyut qilgan. 2002-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Hatto oʻsha yili Oʻzbekiston terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazdi. Bu faqat oʻrtoqlik oʻyini edi, shuning uchun 2005-yilda FIFA „Qayrat“ safida toʻp surgan vaqtida, Qozogʻiston terma jamoasida oʻynashga ruxsat berdi. 2003-yilda u Olmaotaning „Qayrat“ lageriga koʻchib oʻtdi va oradan bir yil o‘tib Qozog‘iston chempioni bo‘ldi. U klubda 3 yilini oʻtkazdi. Oʻtaboev keyingi mavsumni Olma-Ota klubi libosida boshlaydi. 2009-yilda O‘zbekistonning „Andijon“ klubiga o‘tganidan tashqari qolgan faoliyatini Qozog‘iston jamoalarida o‘tkazdi.
2011-yil mart oyida Oʻtaboev 2011-yilgi mavsum uchun „Shaxtyor“ga ariza kiritdi.[3] Oʻsha mavsumda u Qozogʻistonning ikki karra chempioniga aylanadi. Chempionat yakunlanganidan keyin „Shaxtyor“ rahbariyati Qayrat Oʻtaboev bilan shartnomani uzaytirmadi va u erkin agent sifatida „Irtish Pavlodar“ bilan shartnoma imzoladi.[4]
2012-yil oxirida u boʻlajak sunʼiy buyrak transplantatsiyasi tufayli professional faoliyatini yakunlaydi. [5][6]
Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Qozogʻiston terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 2005-yilning 26-martida Daniyaga qarshi oʻtkazgan. Bu 2006-yilgi jahon chempionatiga saralash turniri edi.
2008-yilda Bernd Stork Qozogʻiston terma jamoasini qoʻliga olgach, Qayrat boshqa terma jamoaga taklif etilmadi. Oʻtabayev Qozogʻiston milliy terma jamoasi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan.[7]
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- O‘zbekiston chempioni: 2002
- O‘zbekiston kubogi sohibi: 2001, 2002
- Qozogʻiston chempioni: 2004, 2011
- Qozogʻiston kubogi gʻolibi: 2003
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Профиль: Утабаев Кайрат“ (Kazakh). Sbornaya. 6-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-sentyabr 2009-yil.
- ↑ „Внук Ташкентского облхокима К. Утабаев поменял гражданство, чтобы играть в футбольной сборной Казахстана“. 23-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2012-yil.
- ↑ http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1114418640 Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-09-23).
- ↑ Anton Chichulin i Kayrat Utabaev podpisali kontrakti s „Irtishom“[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „ru:Кайрат Утабаев: Вопрос с футболом закрыт“ (Russian). vesti.kz. vesti (14-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 14-noyabr 2014-yil.
- ↑ „Кайрат Утабаев: Вопрос с футболом закрыт“. 28-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-noyabr 2012-yil.
- ↑ Dryomin, Mike; Mamrud, Roberto „Kazakhstan - Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (16-iyul 2009-yil). Qaraldi: 1-sentyabr 2009-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Qayrat Oʻtabayev National-Football-Teams.com saytida