Qayrat Boranbayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayrat Boranbayev
qozoqcha: Қайрат Советайұлы Боранбаев
Tavalludi 1966-yili 22-sentyabr
Fuqaroligi Qozog'iston
Kasbi Tadbirkor
Turmush oʻrtogʻi Sholpan Boranbayeva
Bolalari 4

Qayrat Boranbayev (1966-yili 22-sentyabrda Qozogʻistonning Toʻrgʻay viloyatida tavallud topgan) – tadbirkor, Qozogʻiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasining sobiq prezidenti va „Qayrat“ FK kuzatuv kengashining raisi.

Boranbayev Forbes jurnaliga 590 million dollarlik shaxsiy boyligi bilan Qozogʻistonning eng nufuzli 50 nafar tadbirkori roʻyxatiga kiritilgan[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayratning oila aʼzolari Toʻrgʻay viloyatining Amengeldi qishlogʻida yashagan[2][3]. Sportchi Qayrat dastlab boks bilan, keyin esa futbol bilan shugʻullangan[4].

U Qozogʻiston sport akademiyasida oʻqishini davom ettirib, 1999-yili taʼlim boʻyicha fan nomzodi ilmiy darajasini oladi[5]. 2000-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan[6][7].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayrat Boranboyevning birinchi ish joyi viloyat maktabida boʻlib, 1991—1993-yillarda Olmaota shahrida joylashgan 21-sonli sport maktabida ishlagan[8].

U 1993-yili murabbiylikni tashlab, DECA nomli kompaniyani ochgan. Keyinchalik „Alash“, „Altyn-Alma“ va „Sistema“ aksiyadorlik jamiyatlariga rahbarlik qiladi[9].

Boranbayev 2000-yili huquqshunoslik fakultetini bitirgandan soʻng, neft-gaz sohasida ishlashga qaror qiladi. Soʻng KazTransGaz, Intergas Central Asia va KazRosGas kompaniyalarida top-menejer lavozimlarida faoliyat yuritadi[10].

Ammo Boranbayevning qizi 2013-yilda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasiga turmushga chiqqanida, biznesda katta muvaffaqiyatlarga erishadi[11]. 2014-yili Almaly holding kompaniyasiga asos solgan[12][13] . Keyin neft va gazdan tortib koʻchmas mulk va chakana savdosigacha boʻlgan turli biznes loyihalari bilan shugʻullanib keladi. U Esentai Mall va Esentai Tower, Karaganda farmatsevtika klasteri, fitnes markazlarini boshqaradi[14][15].

Boranbayev 2016-yilda Qozogʻiston, Belarus va Rossiyaning ayrim hududlari uchun McDonald's franchayzi boʻlgan[16].

Ijtimoiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayratning ijtimoiy faoliyatida sport muhim ahamiyatga ega. U 2009-yili Qoʻstanay viloyati boks federatsiyasi prezidenti[17][18], 2012-yili "Qayrat" FK kuzatuv kengashi raisi[19][20], 2015-yilda esa Qozogʻiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasida boshqaruvchi[21], 2017-yili UEFA Fair Play va Ijtimoiy mas’uliyat qoʻmitasi vitse-prezidenti etib tayinlanadi[22][23].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayrat va Sholpan Boranbayevlarning 4 ta farzandi bor. Ularning katta qizi Alima Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga turmushga chiqqan[24]. Ularning Ameli ismli qizi ham bor[25][26].

Jinoiy taʼqib qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayrat Boʻranboyev 2022-yili 17-mart kuni qoʻlga olinib, unga kvazidavlat sektoridan yirik miqdordagi mablagʻni oʻgʻirlash aybi qoʻyiladi[27].

Tergov jarayonida taniqli sportchilar, musiqachilar va kino ijodkorlarining koʻpchiligi Qayratni qoʻllab-quvvatlab guvohlik berishgan.

2023-yili 31-martda boʻlib oʻtgan Ostona sudi uni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilib, mol-mulki musodaraga olinadi[28].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Кайрат Боранбаев“ (ru). forbes.kz. Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  2. „"Нашей семье не хватало денег": Кайрат Боранбаев сделал новое обращение“ (ru). golos-naroda.kz (2023-yil 17-yanvar).
  3. „Кайрат Боранбаев“ (ru). 24smi.org. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  4. „Кайрат Боранбаев: "Мои родители – простые советские люди. Отец был юристом, а мама – бухгалтер"“ (ru). sports.ru (2023-yil 17-yanvar).
  5. „Тесть президентского внука“ (ru). rus.azattyq.org (2016-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  6. „Боранбаев Кайрат“ (ru). dk.ru. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  7. „Что скрывают о себе богатые люди в Казахстане?“ (ru). exclusive.kz (2021-yil 31-iyul). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  8. „От учителя физкультуры до миллиардера: что известно о Кайрате Боранбаеве“ (ru). ulysmedia.kz (2022-yil 17-mart).
  9. „Досье: Боранбаев Кайрат Советаевич“ (ru). inbusiness.kz (2015-yil 20-mart). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  10. „На пост генерального директора "КазРосГаза" вместо Кайрата Боранбаева назначен Айбек Байзаков“ (ru). vlast.kz (2014-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  11. „От учителя физкультуры до миллиардера: что известно о Кайрате Боранбаеве“ (ru). ulysmedia (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  12. „Бизнесмен широчайшего профиля“ (ru). nomad.su (2016-yil 19-aprel). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  13. „Руководство“ (ru). almaly.kz (2023-yil 17-aprel).
  14. „Чем известен Кайрат Боранбаев“ (ru). informburo.kz (2022-yil 18-mart).
  15. „Кайрат Боранбаев - миллионер и тесть президентского внука“ (ru). ratel.kz (2016-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  16. „Открытие первого ресторана McDonald's в РК перенесено на 2016 год“ (ru). kapital.kz (2015-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  17. „Кайрат Боранбаев стал владельцем известной марки минеральной воды“ (ru). forbes.kz (2017-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
  18. „Сапабек Мукушев:"В Лондоне Дычко будет биться за золото!"“ (ru). sports.kz (2011-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  19. „Ждем решения суда - аким Алматы о футбольном клубе "Кайрат"“ (ru). Kapital.kz (2022-yil 27-oktyabr).
  20. „Руководитель ФК "Кайрат" Кайрат Боранбаев признался, как заработал свой первый миллион долларов“ (ru). news.myseldon.com (2023-yil 31-yanvar).
  21. „National Paralympic Committee to be headed by Kairat Boranbayev“ (en). inform.kz (2015-yil 17-mart). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  22. „Кайрат Боранбаев стал вице-президентом комитета УЕФА“ (ru). tengrinews.kz (2017-yil 28-iyul). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  23. „Kairat Boranbayev“ (en). uefafoundation.org. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  24. „Невеста Айсултана Назарбаева – Алима Боранбаева“ (ru). forbes.kz (2013-yil 16-may). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  25. „"Место силы" Назарбаевых“ (ru). orda.kz (2022-yil 21-yanvar).
  26. „СМИ опубликовали фото и назвали имя невесты Айсултана Назарбаева“ (ru). ng.kz (2013-yil 15-may). Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  27. „b“ (en). interfax.com (2022-yil 17-mart). 2023-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  28. „b“ (en). interfax.com (2022-yil 17-mart). 2023-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.