Toʻrgʻay (viloyat)
| viloyat | |
|---|---|
| Tegishli | Qozoq SSR |
| Tarkibida | 10 tuman |
| Maʼmuriy markazi | Orqaliq |
| Asos solingan sanasi | 23-noyabr 1970 |
| Partiya viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi | Quanishev Oʻrazbek Sultanovich (1985—1988) |
| Akim | Brinkin Vitaliy Alekseyevich (1995—1997) |
| Aholi (1983) | 298 000[1][2] |
| Maydoni | 111,900 km² |
| Xaritada | |
| 50°0′0″N 65°0′0″E / 50.00000°N 65.00000°E | |
Toʻrgʻay viloyati — Qozoq SSR (1970—1988) va Qozogʻiston Respublikasining (1990—1997) tarkibidagi maʼmuriy hudud. Maʼmuriy markazi - Orqaliq shahri.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat Qozogʻistonning markaziy qismida, Yesil va Toʻrgʻay daryolari havzasida joylashgan. Maydoni 111,9 ming km2. Oqtoʻba, Qoʻstanay, Koʻkchatov, Tselinogarad va Jezqazgʻan viloyatlari bilan chegaradosh edi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yil 23-noyabrda Qozoq SSRning tarkibidagi Qoʻstanay viloyatining sharqiy tumanlarini Oqmoʻla viloyatining gʻarbiy tumanlarini biriktirish natijasida Toʻrgʻay viloyati tashkil topdi. Viloyat markazi etib Orqaliq shahri tanlandi. 1988-yilning 2-iyunida viloyat parchalandi.
1990-yil avgust oyida viloyat qaytadan tashkil topdi. 1991-yilning 16-dekabridan boshlab Qozogʻiston Respublikasining tarkibida. 1997-yil Toʻrgʻay viloyatining hududi Qoʻstanay va Oqmoʻla viloyatlarining tarkibiga qoʻshib berildi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]SSRIning 1970-yildagi aholisi sanogʻi boʻyicha viloyatning milliy tarkibi quyidagicha boʻldi: qozoqlar (32,5 %), ruslar (33,7 %), ukrainlar (15 %), shuningdek olmonlar (5,2 %), beloruslar (4,7 %), tatarlar, oʻzbeklar, boshqirdlar, marilar, chuvashlar, moldavanlar, udmurtlar, mordvalar v.b. Aholining oʻrtacha zichligi - 1 km2-ga 2,3 kishi edi. Shahar aholisinining salmgʻi 31 % (80 ming kishi, 1975) tashkil qildi.
Hududiy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1988-yili Toʻrgʻay viloyatining tarkibiga 1 viloyatga boʻysunuvchi shahar (Orqaliq) va 9 ta tuman kirdi:
| № | Tuman | Markazi | Aholisi[2] (1989), чел. |
|---|---|---|---|
| 1 | Orqaliq shahar kengashi | Orqaliq | 62 367 |
| 2 | Amangeldi tumani | Amangeldi | 27 998 |
| 3 | Orqaliq tumani | Rodina | 23 216 |
| 4 | Derjavin tumani | Derjavinsk | 30 634 |
| 5 | Jangeldi tumani | Toʻrgʻay | 28 765 |
| 6 | Yesil tumani | Yesil | 44 466 |
| 7 | Yaxshi tumani | Yaxshi | 20 542 |
| 8 | Janadala tumani | Tasli-Taldi | 13 058 |
| 9 | Qiyma tumani | Janaqiyma | 21 110 |
| 10 | Oktyabr tumani | Oktyabrskoye | 22 852 |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Тургайская область
- Всемирный исторический проект (Wayback Machine saytida 2009-02-02 sanasida arxivlangan)
- Путешествие на Тургай (фото)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Атлас СССР / Отв. ред. Е. В. Большакова. — М.: ГУГК, 1984.
- ↑ 2,0 2,1 „Всесоюзная перепись населения 1989 г.“. 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral. Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; name "ДW" defined multiple times with different content