Poyga
Poyga — 1) ot sporti turi; chopqir otlarni sinash. Angliyada 17-asrdan uyushtirila boshlagan. Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda P. qadimdan maʼlum. P.da qatnashuvchi chavandozlar signal berilishi bilan belgilangan mar-raga qarab ot qoʻyganlar, gʻolib chiqqan chavandoz sovrin bilan mukofotlangan. P., asosan, katta bayramlar, sayllar, toʻylarda oʻtkazilgan. Odatda, tekis joylarda uyushtirilib, atrofdagi qir-adirlarga rang-barang alvonlar bilan bezatilgan oʻtov va chodirlar tikilgan, turli taomlar pishirilgan. P.da koʻpincha, bolalikdan ot minishga oʻrga-tilgan oʻsmirlar qatnashgan.
P.ning bir necha turi bor: tekis P. (tekis joylarda, koʻpincha otchopar yoʻlkalarida 1000–4000 m masofaga); toʻsiqli P. (5—9 ta yengil toʻsiqlardan iborat yoʻlkalarda 2000–3000 m masofaga); murakkab toʻsiqlardan sakrash (stipl-cheyz, 4000– 7000 m masofaga); kross (past-baland joylarda 3000–8000 m masofaga); otda ov qilish (turli hayvonlarni ov iti bilan quvish); 2) bir necha sportchilar ishtirokida turli transport vositalari bilan oʻtkaziladigan musobaqa. Masalan, avtomobil, moto-sikl, velosiped P.lari.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |