Qashshoqlik kasalliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Qashshoqlik kasalliklari (qashshoqlik bilan bogʻliq kasalliklar deb ham ataladi) kam taʼminlangan aholi orasida koʻproq tarqalgan kasalliklardir.[1] Ularga yuqumli kasalliklar, shuningdek, notoʻgʻri ovqatlanish va yomon sogʻliq bilan bogʻliq kasalliklar kiradi. Qashshoqlik salomatlikning asosiy ijtimoiy omillaridan biridir. Jahon sogʻliqni saqlash hisobotida (2002) taʼkidlanishicha, qashshoqlik kasalliklari kambagʻillik darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda umumiy kasalliklarning 45 foizini tashkil qiladi va ularni oldini olish yoki mavjud yoʻllar bilan davolash mumkin.[2] Qashshoqlik kasalliklari koʻpincha toʻyib ovqatlanmaslik sababli vujudga keladi va koʻp joylarda uchraydi.[3] Qashshoqlik esa ushbu kasalliklarga duchor boʻlish ehtimolini oshiradi, chunki boshpana, toza ichimlik suvi, vitaminli oziq-ovqatlar, sanitariya qoidalari va tibbiy xizmatlardan oʻz vaqtida foydalanmaslik sogʻliqning yomonlashishiga olib keladi. Shu bilan birga, bu kasalliklar jabrlangan odamlar va ularga gʻamxoʻrlik qilayotgan oilalarning iqtisodiy oʻsishi uchun kuchli toʻsiq boʻlib, oʻz navbatida jamiyatda qashshoqlikning keng ravishda tarqalishiga olib keladi.[4] Qashshoqlik tufayli yuzaga keladigan bu kasalliklar asosan jamiyatda boy insonlarning koʻpayishi natijasida vujudga keladi.[5]

Qashshoqlik va yuqumli kasalliklar bir-biri bilan chambarchas bogʻliqdir. Vaktsinalar va antibiotiklar kashf qilinishidan oldin, 1796-yilgacha boʻlgan davrni podshohlar oʻz qasrlarida yetarli oziq-ovqat va qulay turar joy bilan taʼminlangan holatda, aksincha, oddiy odamlarning esa katta qismi kamtarona va sanitariyaga qoidalariga amal qilmagan holatda hayvonlar bilan bir uyda yashashga majbur boʻlgan deb taxmin qilish mumkin.[6][7][8] Bu vaqt ichida odamlar oʻzlari bilmagan holda kasal hayvonlarga yaqin yurishgan, ularning terilarini shilib olishgan, qaynatilmagan suv ichishgan, mikroblarga toʻla boʻlgan ovqatlarni isteʼmol qilishgan va natijada yuqumli kasalliklarni yuqtirib vafot etishgan. Bu vaqtda esa vaziyatni yanada yomonlashtirib oʻlat deb nomlanuvchi viruslar paydo boʻlib, butun jamiyatni yoʻq qilgan.Bu vaqt mobaynida odamlar ushbu viruslar va ularning kelib chiqishi sabablari haqida hech qanday maʼlumotga ega emas edilar. Ularning kasalliklariga mayda mikroorganizmlar sabab boʻlgan degan taxminlardan soʻng, Antoni van Levenguk oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin boʻlmagan mikroorganizmlar mavjudligini isbotlovchi birinchi mikroskopni ixtiro qildi (taxminan 17-asr).[9][10]

Human Immunodeficiency virusi (HIV), bezgak va sil kasalligi (TB) kasalliklari „katta uchlik“ sifatida ham tanilgan va rivojlanayotgan mamlakatlarga kuchli ravishda taʼsir qilayotgan yuqumli kasalliklar sifatida tan olingan.[1]OIV — jinsiy yoʻl bilan, qon quyish, foydalanilgan operatsiya asboblari va tugʻilish paytida onadan bolaga yuqadigan virusli kasallik hisoblanadi. Uning uzoq muddatli yashirin davri tufayli uning harakatsiz ravishda tarqalish xavfi mavjuddir.[11] U inson tanasida infeksiyalar va saraton kasalliklaridan himoya qilish uchun mas’ul boʻlgan T-hujayralariga taʼsir qiladi. Uni davolash uchun antiretrovirus dorilar (ARV) deb nomlanuvchi dorilardan foydalalinadi. Sil kasalligi 1882-yilda Robert Koch tomonidan kashf etilgan.[12][13] Bu isitma, vazn yoʻqotish, ishtahasizlik va kechasi terlash bilan tavsiflanadi. Yillar davomida sil kasalligidan oʻlim va kasallanish yaxshi darajaga keldi. Bu yaxshilanish 1906-yilda silga qarshi vaksinaning joriy etilishi bilan bogʻliqdir. Shunga qaramay, har yili sil bilan kasallanganlarning aksariyati qismi kambagʻal odamlar orasidan chiqardi. Bezgak esa oʻsha paytlarda butun dunyoda keng tarqalgan edi, ammo uning tarqalishi Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika kabi issiq qitʼalarda cheklangan edi.

Taʼsir etuvchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikka olib keladigan noqulay ekologik va ijtimoiy omillar asosan qashshoqlikda yashovchi insonlar orasida yuqori koʻrsatgichga egadir.[14] Bu kabi jamiyat ayniqsa yuqumli kasalliklar va yuqumli boʻlmagan kasalliklar orasidagi farqni bilmasligi sababli xavf ostida qoladi.

Jismoniy faollik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jismoniy faollik 2-toifali diabet, yuqori qon bosimi va yurak-qon tomiri kasalliklari kabi surunkali kasalliklarga qarshi himoya omili hisoblanadi.[15] Jismoniy faollikning kamligi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bogʻliq boʻlib, kam taʼminlangan insonlar orasida harakatsiz turmush tarzining koʻp tarqalishi oqibatida kelib chiqadi.[16] Ushbu guruhlar oʻrtasida jismoniy mashqlarning kamligiga oid bir qancha toʻsiqlar mavjuddir.

AQSHdagi kam taʼminlangan qatlam uchun jismoniy mashqlar qiluvchi joylarga, jumladan, bogʻlar, dam olish maskanlari va sport zallariga kirish kam miqdorda ruxsat bor.[17] Kam taʼminlangan hududlardagi har beshta uydan yarim mil uzoqlikda joylashgan masofada parklar, fitnes yoki dam olish markazlari mavjud.[18] Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish imkonini beruvchi mahalliy sharoitlarning kengayishi va yaxshilanishi jismoniy faollikning oshishi va ortiqcha vaznga ega boʻlgan odamlarning kamayishiga keskin ravishda taʼsir qiladi.[19]

Bundan tashqari, qashshoq shaharlardagi xavfli boʻlgan yashash joylarida kattalar va bolalarda jismoniy faollikni kamaytirishga olib keladigan qoʻrquv boʻlishi mumkin.[20][21] Kam taʼminlangan oilalar bolalari ochiq havoda oʻynashda kattalar ruxsatini olishida qiyinchilik boʻlgani va ota-onalarning shovqindan shikoyatlari sababli koʻpincha yopiq joylarda mashgʻulotlar bilan shugʻullanishadi.[22] Har uchinchi bola kunlik jismoniy mashqlar bilan faol shugʻullanadi va bolalarning qolgan asosiy qismi esa kuniga yetti yoki undan koʻp soatni kompyuter, televizor yoki videooʻyinlar uchun ekran qarshisida oʻtkazadilar. Tez-tez mashq qilmaslik bolalar va kattalarda yosh oʻtishi bilan yomon taʼsir qila boshlaydi.[23]


Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Singh, Ajai R.; Singh, Shakuntala A. (2008). „Diseases of Poverty and Lifestyle, Well-Being and Human Development“. Mens Sana Monographs. 6-jild, № 1. 187–225-bet. doi:10.4103/0973-1229.40567. PMC 3190550. PMID 22013359.
  2. World Health organization (WHO). „World Health Report, 2002“. 2002-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2018-yil.
  3. Singh A. R., Singh S. A. (2008). „Diseases of Poverty and Lifestyle, Well-Being and Human Development“. Mens Sana Monographs. 6-jild, № 1. 187–225-bet. doi:10.4103/0973-1229.40567. PMC 3190550. PMID 22013359.
  4. Sachs J (2008). „The end of poverty: economic possibilities for our time“. European Journal of Dental Education. 12-jild. 17–21-bet. doi:10.1111/j.1600-0579.2007.00476.x. PMID 18289264.
  5. „Can Money Buy Happiness?“ (inglizcha). Taking Charge of Your Health & Wellbeing. UNIVERSITY MINNESOTA. Qaraldi: 2-yanvar 2021-yil.
  6. Plotkin, Stanley (26–avgust 2014–yil). „History of vaccination“. Proceedings of the National Academy of Sciences of the United States of America. 111-jild, № 34. 12283–12287-bet. Bibcode:2014PNAS..11112283P. doi:10.1073/pnas.1400472111. PMC 4151719. PMID 25136134.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  7. „Timeline | History of Vaccines“ (inglizcha). www.historyofvaccines.org. Qaraldi: 5-dekabr 2019-yil.
  8. van Panhuis, Willem G.; Grefenstette, John; Jung, Su Yon; Chok, Nian Shong; Cross, Anne; Eng, Heather; Lee, Bruce Y.; Zadorozhny, Vladimir; Brown, Shawn (28–noyabr 2013–yil). „Contagious Diseases in the United States from 1888 to the Present“. The New England Journal of Medicine. 369-jild, № 22. 2152–2158-bet. doi:10.1056/NEJMms1215400. PMC 4175560. PMID 24283231.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  9. Gest, Howard (2004-yil may). „The discovery of microorganisms by Robert Hooke and Antoni Van Leeuwenhoek, fellows of the Royal Society“. Notes and Records of the Royal Society of London. 58-jild, № 2. 187–201-bet. doi:10.1098/rsnr.2004.0055. PMID 15209075. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  10. Steensels, Jan; Gallone, Brigida; Voordeckers, Karin; Verstrepen, Kevin J. (2019-yil may). „Domestication of Industrial Microbes“. Current Biology. 29-jild, № 10. R381–R393-bet. doi:10.1016/j.cub.2019.04.025. PMID 31112692. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  11. „HIV/AIDS“. World Health Organization (30-noyabr 2020-yil).
  12. „History of World TB Day“. Centers for Disease Control and Prevention (28-yanvar 2021-yil).
  13. Barberis, I.; Bragazzi, N.L.; Galluzzo, L.; Martini, M. (2017). „The history of tuberculosis: from the first historical records to the isolation of Koch's bacillus“. Journal of Preventive Medicine and Hygiene. 58-jild, № 1. E9–E12-bet. PMC 5432783. PMID 28515626.
  14. Alsan, Marcella M.; Westerhaus, Michael; Herce, Michael; Nakashima, Koji; Farmer, Paul E. (2011-yil sentabr). „Poverty, Global Health, and Infectious Disease: Lessons from Haiti and Rwanda“. Infectious Disease Clinics of North America. 25-jild, № 3. 611–622-bet. doi:10.1016/j.idc.2011.05.004. ISSN 0891-5520. PMC 3168775. PMID 21896362. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  15. Lee, I.-Min; Shiroma, Eric J.; Lobelo, Felipe; Puska, Pekka; Blair, Steven N.; Katzmarzyk, Peter T. (21–iyul 2012–yil). „Effect of physical inactivity on major non-communicable diseases worldwide: an analysis of burden of disease and life expectancy“. The Lancet (inglizcha). 380-jild, № 9838. 219–229-bet. doi:10.1016/S0140-6736 (12)61031-9. ISSN 0140-6736. PMC 3645500. PMID 22818936. {{cite magazine}}: Check |doi= value (yordam)CS1 maint: date format ()
  16. Chang, Seung Ho; Kim, Kijeong (29–avgust 2017–yil). „A review of factors limiting physical activity among young children from low-income families“. Journal of Exercise Rehabilitation. 13-jild, № 4. 375–377-bet. doi:10.12965/jer.1735060.350. ISSN 2288-176X. PMC 5667611. PMID 29114499.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  17. Gordon-Larsen, Penny; Nelson, Melissa C.; Page, Phil; Popkin, Barry M. (2006-02-01). „Inequality in the built environment underlies key health disparities in physical activity and obesity“. Pediatrics. 117 (2): 417-424. doi:10.1542/peds.2005-0058. ISSN 1098-4275. PMID 16452361. S2CID 5925679.
  18. Presidentʼs Council on Sports, Fitness & Nutrition (2012-07-20). „Facts & Statistics“. HHS.gov. Retrieved 2019-03-26.
  19. Gordon-Larsen, Penny; Nelson, Melissa C.; Page, Phil; Popkin, Barry M. (2006-02-01). „Inequality in the built environment underlies key health disparities in physical activity and obesity“. Pediatrics. 117 (2): 417-424. doi:10.1542/peds.2005-0058. ISSN 1098-4275. PMID 16452361. S2CID 5925679.
  20. Chang, Seung Ho; Kim, Kijeong (2017-08-29). „A review of factors limiting physical activity among young children from low-income families“. Journal of Exercise Rehabilitation. 13 (4): 375-377. doi:10.12965/jer.1735060.350. ISSN 2288-176X. PMC 5667611. PMID 29114499.
  21. McDonald, Noreen C. (July 2008). „The effect of objectively measured crime on walking in minority adults“. American Journal of Health Promotion: AJHP. 22 (6): 433-436. doi:10.4278/ajhp.22.6.433. ISSN 0890-1171. PMID 18677884. S2CID 8555906.
  22. Chang, Seung Ho; Kim, Kijeong (2017-08-29). „A review of factors limiting physical activity among young children from low-income families“. Journal of Exercise Rehabilitation. 13 (4): 375-377. doi:10.12965/jer.1735060.350. ISSN 2288-176X. PMC 5667611. PMID 29114499.
  23. "Poorer people are less physically active — Economic and Social Research Council". esrc.ukri.org. Retrieved