Levenguk Antoni van
LEVENGUK (Leeuwenhoek) Antoni van (1632.24.10 - Delft - 1723.26.8) — golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1680-yildan). Optik shishalarni silliqlash sanʼatini egallagan (deyarli 300-marta kattalashtiradigan linzalar tayyorlagan). Oʻzi tayyorlagan linzalar yordamida birinchi boʻlib mikroskopik organizmlar (xususan, bakteriyalar), qonning kapillyarlarda harakatlanishi, eritrotsitlar, alohida oʻsimlik va hayvon xujayralari, tuxum va murtakni kuzatgan; muskul toʻqimasi, oʻsimlik va hayvonlarning organlari va boshqa qismlarini tasvirlab bergan. Birinchi marta oʻsimlik zararkunandalari — shiralarda partenogeneznn tasvirlagan. S. Gam bilan birgalikda odam va hayvonlar spermatozoidlarnni tasvirlab bergan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |