Qarluq (qishloq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qarluq
shahar
38°11′48″N 67°41′42″E / 38.19667°N 67.69500°E / 38.19667; 67.69500 G OKoordinatalari: 38°11′48″N 67°41′42″E / 38.19667°N 67.69500°E / 38.19667; 67.69500 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Oltinsoy tumani
Aholisi
10 110
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qarluq xaritada

Qarluq — Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Shoʻrchi razʼyezdi (23 km). Q. dan Termizgacha 140 km. Aholisi 10 ming kishidan ziyod (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Oltinsoy daryosidan suv oladi. Q. da "Sharob" aksiyadorlik jamiyati, qoʻshma, kichik korxonalar, Oltinsoy meva quritish zavodi, avtokorxona, paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, madaniyat uylari va klub muassasalari, markaziy kutubxona bor. Ashula va raqs dastasi, qoʻgʻirchoq teatri faoliyat koʻrsatadi. Stadion, sport zallari, futbol, voleybol, qoʻl toʻpi maydonlari mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tumanlararo travmatologiya va ortopediya markazi ishlab turibdi.