Qalqonota yodgorliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qalqonota yodgorliklari — Nurota yoʻlidan 8 km uzoqlikdagi Qalqonota qishlogʻi atroflaridan topilgan arxeologik yodgorliklar majmui (miloddan avvalgi 6—5-asr va milodiy 6—7asr). Qalqonotadan 400 m janubida Qoʻzimontepa shahri xarobasi (mil. av 6—5-asr — milodiy 6—7-asr) joylashgan. Qoʻzimontepada balandligi 16 m. umumiy hajmi 50x20 m li qoʻrgʻon saqlanib qolgan. Qoʻrgʻonning shimolida balandligi 7 m, umumiy hajmi 100x60 m li shahriston boʻlgan. Qoʻrgʻon va shahriston mustahkam devor bilan oʻralgan. Qalqonota qishlogʻi shim.idagi adirlar yaqinida turli davrga oid 300 ga yaqin kattakichik mozorqoʻrgʻonlar joylashgan. Qoʻrgʻonlarda marhumlarni dafn qilishning turli davrlarga oid 4 ta guruhi aniqlangan: 1) miloddan avvalgi 6—5-asrlarga oid doira shaklidagi qoʻrgʻonlar. Ularning balandligi 30 sm dan 70 sm gacha, diametri 5 m dan 10 m gacha. Tepalik tagida chuq. 30 sm dan 1 m gacha, uz. 180—210 sm, eni 50—80 sm lik tuxumsimon mozor oʻrasi topilgan. Dafn qilingan jasad chalqanchasiga, kallasi shim.ga qaratib, oyoqqoʻllari butun tanasi boʻylab choʻzilgan holatda yotqizilgan. Oʻralardan axomaniylar davriga oid idishlar, temir pichoq, mis va nefrit munchoqlar, boʻyoq qirgʻichlar topilgan; 2) miloddan avvalgi 1 va milodiy 1-asrlarga oid qoʻrgʻonlarda katakomba usulida marhumlar dafn etilgan. Tepalikning diametri 30 m, balandligi 1,5 m ga yaqin. Toʻgʻri burchakli 80 sm lik dafn boʻlmasiga kirish yoʻlagi (dromus) topilgan. Dromusdan chuq. 3,5 m, balandligi 16 m, eni 3 m tuxumsimon shakldagi dafn etish xonasi topilgan. Unda miloddan avvalgi 1 a.ga oid sopol buyumlar, kiyim parchalari saqlangan; 3) milodiy 5—6alarga oid qoʻrgʻonlarda marhumlar kuydirilgan holda guruhguruh dafn etilgan. Qoʻrgon diametri 20 m, balandligi 1,3 m lik tepalikdan iborat. Tepalik tagidan toʻgʻri burchakli Zx 1,75 sm li mozor oʻra topilgan. Oʻraga shim.gʻarbiy tomondan uz. 2 m lik keng zinapoyali dromus tushirilgan. Oʻraning sathi tekis shibbalanib, unga kuydirilgan jasadlar qoʻyilgan. Bundan 35 ta kuydirilgan bosh va tana suyaklari, kul va koʻmir aralashmalari, jezdan yasalgan uzuklar, munchoklar, Marvda zarb qilingan sosoniylar davriga oid kumush tangalar topilgan; 4) 6—7-asrlarga oid qoʻrgʻonlar. Diametri 5 m, balandligi 20 sm gacha boʻlgan 2 ta otashparastlarga xos boʻlgan qoʻrgʻon ochilgan. Birinchi qoʻrgʻondan bir-biriga qarama-qarshi turgan ichida jasadning kalla va qoʻpoyoq suyaklari boʻlgan 2 ta sopol xum topilgan. Ikkinchi qoʻrgʻondan balandligi 50 sm lik ichida erkak kishi va bolaning kalla suyagi va boshqalar suyak parchalari bor xum topilgan. Xum uch tarafdan mayda sopol idishlar bilan oʻrab olingan (yana qarang Karmana).