Qadamboy Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qadamboy Yoqubovich Rahimov (1948.1.6, Urganch tumani Qorovul qishlogʻi) — dirijyor, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1991). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1971). Urganch ped. bilim yurtida oʻqituvchi (1971—79), Komiljon Otaniyozov nomidagi viloyat filarmoniyasida direktor va badiiy rahbar (1979—86), Ogahiy nomidagi viloyat musiqali teatrida bosh dirijyor (1986 yildan). "Olma pishganda keling" (E. Samandar), "Jobbi jujakning hiylasi" (K. Avaz) kabi musiqali komediyalarga, "Jahannam" (K. Avaz), "Tilim asalim" (H. Rasul, Sh. Fayzullayev bilan) va boshqa pyesalarga musiqalar bastalagan. Shuningdek, xor asarlari, qoʻshiqlar ("Goʻzal", "Muhabbat qolur", "Ketdi dilni kuydirib" va boshqalar) muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil