Pyotr Gumennik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pyotr Gumennik
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Pyotr Gumennik
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Yashash joyi Sankt-Peterburg, Rossiya
Boʻyi 184
Murabbiyi Veronika Daineko
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 263,14
Qisqa dastur 91,84
Erkin dastur 171,30

Pyotr Olegovich Gumennik (2002-yil 11-aprel, Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashadigan rossiyalik figurali uchuvchi. Rostelecom Cup musobaqasining Gran-pri bosqichi sovrindori (2020), Gran-pri bosqichining bronza medali sovrindori, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sohibi (2020), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2018).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pyotr 2015-yil avgust oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri seriyasida debyut qildi. Rigada (Latviya) oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida oltinchi, Torun shahrida (Polsha) oʻtkazilgan musobqada esa toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha paytda u murabbiylar Aleksey Mishin, Oleg Tataurov va Tatyana Mishina qoʻl ostida figurali uchish boʻyicha shugʻullangan.

Pyort 2019-yil fevral oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qisqa dasturda toʻrtinchi va erkin dasturda oʻn birinchi boʻlib, yakuniy bosqichda oʻninchi oʻrinni egalladi[1].

Pyotr yangi mavsumda Chelyabinskda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining birinchi bosqichida birinchi oʻrinni egalladi[2]. Italiyada boʻlib oʻtgan ikkinchi bosqichda, ikkinchi oʻrinni egalladi[3]. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida u unchalik yaxshi natija koʻrsatmadi va beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[4].

Pyotr Gumennik 2020—2021-yilgi mavsumda „kattalar“ darajasida musobaqalarda chiqish qila boshladi. Moskvadagi Rossiya kubogining birinchi bosqichida u bronza medalini qoʻlga kiritdi[5]. Noyabr oyida Rostelecom Cup Gran-pri bosqichida qatnashib, qisqa dasturda Moris Kvitelashvilidan[6] keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Erkin dasturda xatolarga yoʻl qoʻydi va turnir yakunida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. Moskvadagi Rossiya kubogining ikkinchi bosqichida u oltin medalni qoʻlga kiritdi[8].

Shuningdek, 2021-yil noyabr oyida Pyotr Varshavada boʻlib oʻtgan „Chellenjer“ — Warsaw Cup musobaqaning turkumiga kiruvchi xalqaro turnirida ishtirok etib, 242,91 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi[9].

Pyotr Rossiya chempionatida qisqa dasturda chiqish qilganidan soʻng yettinchi oʻrinni egalladi, erkin dasturda esa toʻrtinchi oʻrinni egallab, umumiy hisob bilan beshinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[10].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa[11] 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19 19/20 20/21 21/22
Xalqaro
Gran-pri bosqichi: Rostelecom Cup 3
Gran-pri bosqichi: Italiya 8
Challenger: Denis Ten xotirasi 1
Challenger: Warsaw Cup 2 3
Skate Helena 1
Milliy
Rossiya chempionati 7 7 5
Rossiya kubogi finali 2
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 5 6 9 8 2 2
Rossiya chempionati (yoshlar) 1 1
Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich 7 J. 3 J. 3 J.
Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich 2 J. 3
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich 5 J. 1 J.
Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich 1
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich 1
Xalqaro (oʻsmirlar)
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 10 3
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 2 5
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Polsha 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Rossiya 4 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Sloveniya 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Italiya 2
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Latviya 6
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Estoniya 5
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri: Kanada 1
Yoshlar Olimpiya festivali 1
Icechallenge 1
Volvo Open Cup 1
Sportland Trophy 1

J-oʻsmirlar darajasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Чемпионат мира среди юниоров. Хиваташи победил, Савосин – 2-й, Даниелян – 4-й“. Sports.ru. 2019-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-may 2020-yil.
  2. „⚡ Гран-при среди юниоров. Гуменник выиграл, Даниелян – 2-й, Яблоков – 3-й“. Sports.ru. 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  3. „⚡Гуменник стал вторым на юниорском этапе Гран-при в Италии, Яблоков – 4-й“. Sports.ru. 30-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  4. „Сато выиграл Финал Гран-при среди юниоров, Мозалев – 2-й, Самсонов – 3-й“. Sports.ru. 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  5. „Ковалев выиграл второй этап Кубка России, Самарин – 2-й Гуменник – 3-й“. Sports.ru.
  6. „Грузин Морис Квителашвили выиграл короткую программу на Гран-при России, Гуменник – 2-й, Коляда – 3-й, Алиев – 5-й“. Sports.ru. 7-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Ольга ЕРМОЛИНА. „Михаил Коляда – победитель Гран-при в Москве, Морис Квителашвили – серебряный призер, Петр Гуменник – бронзовый“ (ruscha). www.fsrussia.ru. 29-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „⚡ Гуменник выиграл пятый этап Кубка России, Рухин – 2-й, Ерохов – 3-й“. Sports.ru. 26-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Ольга ЕРМОЛИНА. „Петр Гуменник завоевал бронзу на "Кубке Варшавы"“ (ru-ru). www.fsrussia.ru. 23-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2021-yil.
  10. „Кондратюк победил на чемпионате России по фигурному катанию-2022, Коляда – 2-й, Мозалев – 3-й, Семененко – 4-й“. Sports.ru. 23-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
  11. „Competition Results: Petr GUMENNIK“ (inglizcha). ISU. 2021-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2020-yil.