Pufak astragal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pufak astragal
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus leptophysus

Pufak astragal (lotincha: Astragalus leptophysus) – burchoqdoshlar oilasi astragal turkumiga kiruvchi gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Samarqand va Jizzax viloyatlari hududida tarqalgan. Archazorlar va tosh shagʻalli tuproqlarda tarqalgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp yillik poyasiz oʻt oʻsimlik. O‘q ildiz tizimiga ega. Ingichka novdalari koʻproq tuproq ostida rivojlanadi. Poya pastidagi barglari ketma ket joylashgan, shakli toq patsimon, 15—35 juft, uzunligi 10-20 sm, kengligi 3-7 sm, xurpaygan oq tuklar bilan qoplangan. Poya yuqorisida joylashgan barglar choʻziq tuxumsimon, baʼzan yaproqchalari bir-biriga tegib turadi uzunligi 10-17 mm, eni 6-9 mm. Gulpoyasi tashqi tomondan tartibsiz oq tuklar bilan qoplangan. Gulkosachabarglari uzunchoq naysimon, uzunligi 2,5 sm, eni 3-4 mm. Gullari yirik, uzunligi 3 sm gacha yetadi. Gultojibarglarining rangi qizil. Mevasi dukkak meva. Dukkagi yumaloq tuxumsimon, uzunligi 4 sm gacha yetadi, eni 3 sm. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Urugʻi orqali jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juda kam uchrovchi oʻsimlik boʻlib uchta joyda oʻsishi aniqlangan. Samarqand, Jizzax viloyatlari: Turkiston va Nurota togʻ tizmalari hududida tarqalgan. Har xil oʻtlar, shuvoqlar va archazorlar orasida hamda tosh shagʻalli yonbagʻirlarda, surilmalarda oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Nurota davlat qo‘riqxonasi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Astragalus leptophysus“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.