Protoyulduz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Protoyulduz — yulduzlar evolyu-siyasining eng boshlangʻich gravitatsion kollapelanuvchi bosqichi; markazida hali termoyadro reaksiyalari boshlanmagan davrdagi fizik holat. Oddiy holda magnit maydoni juda kichik va oʻz oʻqi atrofida deyarli aylanmaydigan P.ning sferik kollapsi har tomonlama toʻla oʻrganilgan. Gaz va chang aralashmasidan iborat P. kollapsining boshi (markaz)da tezda oʻzak vujudga keladi. Bunda P.ning qaysi qismi zich boʻlsa, oʻsha yerda kollaps tezlashib, natijada P. zich oʻzak va nisbatan keng qobiqqa ajraladi. P. qobigʻining oʻzakka tushib borishi davom etib, markazda temperatura va bosim ortadi. Natijada P. in-fraqizil nurlanish manbaiga aylanadi. P. oʻzagida temperatura taxminan mln. gradusga yetganida deyteriy, litiy va bor ele-mentlari yona boshlab, unda birinchi yadro reaksiyalari sodir boʻladi. Bu ele-mentlar miqdori kamligi sababli P.ning gravitatsion siqilishi davom etaveradi. P. markazida temperatura ~107 gradusga yetishi bilan vodorod yona boshlay-di va u yulduzga aylanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil