Kontent qismiga oʻtish

Prinston universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Prinston Universitetidan yoʻnaltirildi)
Princeton universiteti
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 22-oktyabr, 1746-yil (277 yil avval) (1746-10-22)
Prezidenti Christopher L. Eisgruber
Fakultetlar 1 068 (2021)[1]
Talabalari 8 478 (2021)[1]
Bakalavriat 5 321 (2021)[1]
Magistratura 2 997
Manzili
Kampusi 200 ga
Veb-sayti princeton.edu
Fayl:Princeton logo.svg

Princeton universiteti — AQShning yirik oʻquv va ilmiy markazlaridan biri. 1746-yil kollej sifatida Princeton shahri (Nyu-Jersi shtati) da tashkil etilgan, 1896-yildan universitet maqomiga ega. Kollejda Woodrow Wilson (1902—1910-yillarda universitet rektori, 1912—1921-yillarda AQSh prezidenti) oʻqigan. Texnika va fizikamat, fanlari, aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boʻyicha yirik oʻquv va ilmiy tadqiqotlar markazi hisoblanadi. Fizika, matematika, geologiya, geofizika, biologiya, kimyo, iqtisodiyot, falsafa, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, din, roman tillari va adabiyoti, german tillari va adabiyoti, jismoniy tarbiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 6 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Kutubxonalarida 2 milliondan ortiq asar saqlanadi[2]. Princeton universiteti „Ivy League“ („Pechaklar ittifoqi“) aʼzosi hisoblanadi.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Common Data Set 2021-2022“. Princeton University. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.