Prinston universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prinston universiteti -AQShning yirik oʻquv va ilmiy markazlaridan biri. 1746 yil kollej sifatida Prinston shahri (Nyu-Jersi shtati)da tashkil etilgan, 1896 yildan universitet ma-qomiga ega. Kollejda T. V. Vilson (1902—10 yillarda universitet rektori, 1912— 21 yil larda AQSH prezidenti) oʻqigan. Texnika va fizikamat, fanlari, aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boʻyicha yirik oʻquv va ilmiy tadqiqotlar markazi hisoblanadi. Fizika, mat., geol., geofizika, biol., kimyo, iqtisodiyot, falsafa, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, din, roman tillari va adabiyoti, german tillari va adabiyoti, jismoniy tarbiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 6 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Kutubxonalarida 2 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil