Prezident saroyi Xanoy
Xanoy Prezident saroyi (vyetnamcha: Phủ Chủ tịch) — Vyetnam prezidentining Xanoydagi rasmiy qarorgohi. Bino XX asr boshlarida qurilgan va dastlab Fransiya Hindo-Xitoyi general-gubernatorining qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. Meʼmor: Ogyust Anri Vildyo. Saroy Xo Chi Min maqbarasi shimolida joylashgan boʻlib, prezident Xo Chi Min maqbarasi meʼmoriy ansambli tarkibiga kiradi. Hozirgi vaqtda saroy Vyetnam Prezidentining rasmiy qarorgohi boʻlib, davlat qabullari uchun foydalaniladi[1].
Meʼmorchilik va tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qarorgohni qurish ishlari 6 yil — 1900-1906-yillar davom etgan. Qurilishga fransiyalik meʼmor Avgust Henri Vildyo rahbarlik qilgan. Qurilish maydoni avvalgi egalaridan musodara qilingan. Bundan tashqari, uning oʻrnida boʻlgan ming yillik butxona ham atrofdagi aholi eʼtirozlariga qaramay buzib tashlangan. Binoni yorqin italyancha neorenessans deb tavsiflash mumkin boʻlgan Yevropa uslubida qurishga qaror qilgan. Bunda alohida oʻrnatilgan frontonlar, klassik ustunlar bayramona zinapoyalar va boshqalar. Ushbu bino koʻrinishi Yevropa qasrlariga oʻxshash, faqatgina atrofda ekilgan mango daraxtlari tufayli Vyetnam ekanligini bilish mumkin. Saroy xantal-sariq rangga boʻyalgan. Uning oldida toblangan temir darvoza. 1945-yili unda Fransiya Hindu-Xitoyining general-gubernatori yashagan. 1947-1954-yillar oraligʻida binoda Fransiyaning yuqori harbiy mulozimlari istiqomat qilishgan. Vyetnam mustaqillikni qoʻlga kiritgach Xo Shi Min oʻz qarashlaridan kelib chiqqan holda mazkur bino devorlari orasida yashashdan bosh tortgan va faqatgina mehmonlari qabul qilishda foydalangan. U saroyni mehmonxonaga aylantirgan va unda partiya ishchilari yashagan. Unga esa, bogʻ ichidan uncha katta boʻlmagan suv havzasi yonida, koʻlmak oʻtib saroy qarshisida kichkinagina daraxt uy qurib berishgan[2]. U ikki qavatli binoda 1958-1969-yillar oraligʻida, vafot etgunicha yashagan.
Ayni paytda Prezident saroyiga tashrif buyurish imkoniyati yoʻq. Ammo sayyoylar va mehmonlar saroyning botanika bogʻiga har kuni soat 8 dan 11 gacha va 14 dan 16 soatgacha kirishlari mumkin. Kirish narxi — taxminan 5 ming Vyetnam dongi[3].
-
Fransuz Indochina general-gubernatorining qarorgohi
-
Saroy bogʻi va sazan hovuzi
-
Kecha yoritish
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Президентский дворец в Ханое, Вьетнам“. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
- ↑ „Президентский дворец | Dostoprimechatelnosti | Xanoy | Vetnam“. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
- ↑ „Президентский Дворец в Ханое — фото, экскурсии, отзывы туристов“. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prezident saroyi Xanoy haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |