Powerball

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Powerball — Amerika lotereyasi[1]. Biletlari mamlakatning 44 shtatida (Nevada, Yuta, Missisipi, Alabama, Alyaska, Gavayilardan tashqari) sotiladi[2]. Lotereyaning eng katta yutuqlari (jekpot) koʻpincha rekord darajada boʻladi. Masalan, 2013-yil may oyida 590,5 milliona dollar yutib olindi, 2016-yil yanvarda esa jekpot 1,5 milliard dollarni tashkil etgan va uni birdaniga 3 ishtirokchi yutib olgan edi.

Qoidalari[tahrir]

Avvaliga 2 blokdan 6 dona raqam tanlanadi: 5 raqam birinchi blokdan (oq shar 1/69 turkumidan) va 1 raqam ikkinchi blokdan (qizil shar 1/26 turkumidan). Barcha tanlangan 6 raqamni topgan ishtirokchi jekpot sohibiga aylanadi. Shuningdek, 6 raqamdan 5 tasini topgan ishtirokchi 10 000 dollar, 4 tasini topgan ishtirokchi 100 dollar, 3 tasini topgan esa 7 dollar yutib olishi mumkin. Bilet narxi 2 dollardan iborat. Agar jekpot sohibi bir nechta boʻlsa, yutuq teng taqsimlanadi. Jekpotning yutuq fondi kamida 40 million dollardan iborat boʻlib, cheksiz ortib boraveradi. Oʻyin haftaning har chorshanba va shanba kunlari soat 22:59da Floridada oʻtkaziladi.

Manbalar[tahrir]