Postulat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Postulat (lot. postulatum - talab) — biror ilmiy nazariyada isbotsiz qabul qilinadigan, lekin biron asosi boʻlgan prinsip yoki qoida. P., odatda, biror mulohazaga koʻra asoslanadi, ana shu asoslash uning kabul qilinishiga sabab boʻladi. P. tushunchasi aksioma tushunchasining sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi.

P. tushunchasi qanday hollarda qoʻllanilishiga qarab turlicha maʼnoni bildiradi. Mas, birinchi marta geomet-riyaning izchil aksiomatik bayonini yaratgan Yevklid aksiomalar deb isbotsiz qabul qilingan sof mantiqiy (no-geometrik) qoidalarni (mas, kiyem bu-tundan kichik), P. deb esa baʼzi geometrik yasashlarning mumkinligini tasdiqlovchi daʼvolarni tushungan. Gilbert aksiomatikasida esa Yevklidning mashhur V (parallel chiziqlar haqidagi) postulati "parallellik ak-siomasi" deb nomlangan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil