Poslednyaya elektrichka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Poslednyaya elektrichka“
Vladimir Makarov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1968
Yozib olingan 1966
Davomiyligi 3:41
Matn muallif(lar)i Mixail Nojkin
Bastakor(lar) David Tuxmanov

Poslednyaya elektrichka“ (ruscha: Последняя электричка, yaʼni „Oxirgi elektrikcha“) — rus bastakori David Tuxmanov shoir Mixail Nojkin sheʼriga bastalagan qoʻshiq. Qoʻshiq ilk bor 1966-yil „Radio-1“ butunittifoq radiokanalida efirga uzatilgan „S dobrim utrom!“ (tarjimasi „Xayrli tong!“) dasturida Vladimir Makarov ijrosida yangragan. Tarona 1968-yilga borib plastinkada eʼlon qilingan. Nojkinning xotirlashicha, u sheʼrni 1964-yilda yozgan.

Qoʻshiqni Makarovdan keyin bir necha xonanda, jumladan, Dmitriy Romashkov, Eduard Xil, Yuriy Peterson, Valeriy Syutkin, Aleksey Goman, Aleksandr Sklyar hamda sheʼr muallifi Nojkinning oʻzi ijro etgan. Qoʻshiqni ilk bor Vadim Mulerman ijro etgan, degan notoʻgʻri fikr ham mavjud. Aslida Mulerman qoʻshiqni biror marta kuylamagan[1].

Nojkinning soʻzlariga koʻra, qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan SSSR televideniye va radioeshittirish davlat qoʻmitasi SSSR temir yoʻllari vazirligidan maktub olgan. Unda „Oʻrtoq Nojkin qoʻshiqda temir yoʻlda boʻlish qoidalarini buzganini bilmaydimi: relslar boʻylab yurish taqiqlanadi. Poyezdlar kecha-yu kunduz ishlaydi va tunda shpallarda yurish yanada xavflidir“, deyilgan[2]. 1972-yilda SSSR Temir yoʻllari vazirligi buyurtmasi boʻyicha Leningrad hujjatli filmlar studiyasi „Poslednyaya elektrichka“ nomi bilan targʻibot filmini suratga olgan. Filmda „Poslednyaya elektrichka“ qoʻshigʻini eshitgan qahramon yigit qiz bilan uchrashuvdan keyin tunda shpallar boʻylab uyiga ketayotganida uni poyezd urib ketadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]