Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Sklyar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Sklyar
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Tavallud sanasi 1988-yil 18-may(36 yosh)
Boʻyi 190 sm
Vazni 82 kg
Sport
Mamlakat Qozogʻiston
Qaysi sport Suzish

Aleksandr Sklyar (qozoqcha: Александр Скляр ; 1988-yil 18-mayda tugʻilgan) – Qozogʻistonlik suzuvchi. Suzish sportining fristayl yoʻnalishi boʻyicha oʻz faoliyatini olib borgan. Aleksandr 2008-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida Qozogʻiston Respulikasi sharafini himoya qilgan va yopiq inshootlarda oʻtkazilgan 2007 va 2009-yilgi osiyo oʻyinlarida jami oltita medalni (ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza) qoʻlga kiritgan. Sklyar, shuningdek, Qozogʻiston suzish terma jamoasi aʼzosi sifatida, 2008-yilgi Good Luck Beijing China Open musobaqasida 4×100 metr fristayl usulida suzish estafetasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[1].

Sklyar 2008-yili Pekinda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 100 metr masofaga fristayl usulida suzish boʻyicha Qozogʻiston vakili sifatida ishtirok etgan. Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan suzish boʻyicha Rossiya ochiq chempionati finalida u 50.89 ball bilan faoliyati davomidagi eng yaxshi natijani qayd etish bilan bir qatorda B toifa talablaridan (50.95) sekundning olti yuzdan bir qismiga (0.06) oʻtib ketgan[2]. Uchinchi oʻrin uchun bellashib beshinchi pogʻonadan harakat qilayotgan Sklyar kech qarshilik koʻrsatib, Oʻzbekistonlik Petr Romashkinni ortda qoldirgan va 51,24 ball natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Sklyar yarim finalga chiqa olmagan, chunki u dastlabki bosqichlarda oltmish toʻrt nafar suzuvchi orasidan ellik ikkinchi oʻrinni egallagan[3][4].

COVID-19 pandemiyasi davridagi karantin paytidagi mashg'ulotlardan birida bergan intervyusi davomida Sklyar 9 yil Birlashgan Arab Amirliklarida yashagani va mazkur davlat sportini rivojlantirishga hissa qo'shganini ta`kidlab o'tgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]