Portal:Anime va manga/Kirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anime va manga portaliga
Xush kelibsiz!
Anime (yaponcha: アニメ[anime], inglizcha: animation; talaffuzi: Animeyshn;  — animatsiya;) — yaponmultiplikatsiyasi. Boshqa mamlakatlar animatsiyasidan asosiy farqi shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning aksariyati oʻsmirlar va katta yoshdagi tomoshabinlar uchun moʻljallangan va shu sababli ular dunyoda juda mashhur. Koʻpgina anime seriyalari yapon komikslari — mangalarning moslashuvi boʻlib, odatda grafik uslub va boshqa xususiyatlarni saqlab qoladi.

Manga (yaponcha: 漫画) — yapon komikslar, baʼzan „komikku“ deb ataladi.(yaponcha: コミック). „Manga“ soʻzi „grotesklar“, „ajoyib (yoki kulgili) rasmlar“ manosini anglatadi, va uni chizgan rassom esa mangaka deb ataladi. Yaponiyada, manga va komikslarni barcha yoshdagi odamlar oʻqiydi va ular tasviriy sanʼat turi sifatida ham, adabiy hodisa sifatida ham hurmat qilinadi. Manga deyarli har doim qora va oq rangda boʻladi, faqatgina muqovalar va alohida rasmlar rangli chiziladi.

"Anime va manga" loyihasi Loyiha muhokamasi Loyiha ishtirokchilari