Portal:Anime va manga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Portal:АvaMdan yoʻnaltirildi)

tahrirlash     kuzatish  

Assalomu alaykum

Anime va manga portaliga
Xush kelibsiz!
Anime (yaponcha: アニメ[anime], inglizcha: animation; talaffuzi: Animeyshn;  — animatsiya;) — yaponmultiplikatsiyasi. Boshqa mamlakatlar animatsiyasidan asosiy farqi shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning aksariyati oʻsmirlar va katta yoshdagi tomoshabinlar uchun moʻljallangan va shu sababli ular dunyoda juda mashhur. Koʻpgina anime seriyalari yapon komikslari — mangalarning moslashuvi boʻlib, odatda grafik uslub va boshqa xususiyatlarni saqlab qoladi.

Manga (yaponcha: 漫画) — yapon komikslar, baʼzan „komikku“ deb ataladi.(yaponcha: コミック). „Manga“ soʻzi „grotesklar“, „ajoyib (yoki kulgili) rasmlar“ manosini anglatadi, va uni chizgan rassom esa mangaka deb ataladi. Yaponiyada, manga va komikslarni barcha yoshdagi odamlar oʻqiydi va ular tasviriy sanʼat turi sifatida ham, adabiy hodisa sifatida ham hurmat qilinadi. Manga deyarli har doim qora va oq rangda boʻladi, faqatgina muqovalar va alohida rasmlar rangli chiziladi.

"Anime va manga" loyihasi Loyiha muhokamasi Loyiha ishtirokchilari
tahrirlash     kuzatish  

↓ Kun iqtibosi ↓

„Kuch istakga emas, ehtiyojga javoban keladi. Siz bu ehtiyojni yaratishingiz kerak.“

«Goku/Dragon Ball Z


tahrirlash     kuzatish  

★ Tanlangan shaxs ★

Pikachu (yaponcha: ピカチュウ Pikachu?, inglizcha: Pikachu) — Pokémon oʻyinlar turkumidagi, manga va animedagi jonzot. Nintendo va Game Freak kompaniyalariga tegishli anime. Xayoliy olamning maxsus mavjudotlaridan biri boʻlgan pokemoni — Pikachu, yapon oʻyin dizayneri Ken Sugimori tomonidan Game Freak ishlab chiqish guruhi bilan birgalikda yaratilgan va birinchi marta Pokémon Red va Blue kompyuter oʻyinlarida chiqgan, keyinchalik esa qolgan qismlarida ham chiqgan. Pikachu eng taniqli va ommabop Pokemonlardan biri hisoblanadi, chunki u franshizaning rasmiy Maskoti bo‘lib, so‘nggi yillarda yapon pop madaniyatining timsoliga aylandi. Pikachu, boshqa Pokemon Pichudan, rivojlangan va keyinchalik esa Raichuga aylanishi mumkin. Fantastik dunyoda Pikachu Pokemon koʻpincha uylarda, oʻrmonlarda, tekisliklarda, baʼzan togʻlar, orollarda va butun dunyo boʻylab tashlandiq elektr stansiyalarida yashaydi. Elektr tipidagi Pokemon Pikachu elektr energiyasini yonoqlarida saqlaydi va kerak boʻlganda hujum qilish uchun foydalanadi. Oʻyin ichidagi Pokédex Pikachuning Sichqoncha Pokemon ekanligini taʼkidlaydi.

Batafsil...

tahrirlash     kuzatish  

Siz bilasizmi?

★ Xayao Miyazakining soʻzlariga koʻra, rus ertaklaridagi tovuq oyoqlaridagi kulba harakatlanuvchi qal’aning prototipi boʻlib xizmat qilgan.

★ Naruto animesining birinchi mavsumining saundtrekida nafaqat gitara va pianino ovozi, balki anʼanaviy yapon musiqa asboblari shamisen va shakuxachi ham mavjud.

★ Baʼzi "Neighborhood Story" qahramonlari keyinchalik chiqgan "Paradise Kiss" filmida Ay Yadzava tomonidan ishlatilgan.

Kotono Mitsuisi lift xizmatchisi boʻlib ishlagan.

★ „Qish kunlarida“ ishlash uchun AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya va boshqa mamlakatlardan rejissyorlar taklif qilingan, shu jumladan Rossiya, ularning vakillari Yuriy Norshteyn va Aleksandr Petrov edi va Norshteyn tomonidan ishlab olingan epizod „kirish“ epizodi edi.

City Hunter qahramoni ishlatadigan asosiy qurol Colt Python 357 Magnum olti o‘qli to‘pponchadir.

★ Samuray mangasi Kozure Okami toʻrtta spektakl, oltita film va bitta teleserialga moslashtirilgan.

Mitsudomoe mangasi oʻz nomini mitsudomoedan olgan — „uch marta aylanadigan naqsh“ (asosiy qahramonlar bilan parallel — uchta opa-singil).

★ Dual! Parallel Trouble Adventure animesidagi robotlar xuddi Evangelionslar kabi koʻrinadi va harakat qiladi.


tahrirlash     kuzatish  

Kun tasviri

Kota Xirano, Hellsing mangasini yaratuvchisi.

tahrirlash     kuzatish  

Men qanday yordam berishim mumkin?

tahrirlash     kuzatish  

Yozish kerak!

tahrirlash     kuzatish  

Turkumlar

tahrirlash     kuzatish  

Muhim maqolalar

tahrirlash     kuzatish  

Aloqador portallar

Keshni tozalash