Kompressor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kompressor — havo yoki gazni siqadigan va bosim ostida uzatadigan qurilma. Tuzilishiga koʻra, porshenli, rotatsion, markazdan qochirma, uqaviy va oqimli; siqiladigan gaz xiliga qarab, havo va kislorod Kompressorlari; bosimga qarab, past (0,3—1 MYA/m2), oʻrta (10 MYA/m2 gacha) va yuqori (10 MYA/m2 dan yuqori) bosimli xillarga boʻlinadi. Havoni 12 kPa bosimgacha siqadigan mashinalar ventilyatorlar, 0,3 MPa gacha siqadigani havo puflagichlar deyiladi.

Porshenli Kompressor, asosan, ish silindri va porshendan iborat. U bir va koʻp silindrli, silindrlari vertikal, gorizontal, Vintsimon va Wsimon oʻrnatilgan, bir yoqlama yoki ikki yoklama ishlaydigan, bir yoki koʻp bosqichli boʻladi. Gaz silindrning ichki devorlari bilan ilgarilanmaqaytma harakat qiladigan porshen orasida qisiladi. Rotatsion Kompressorda aylanuvchi bir yoki bir necha porshen va rotor ish organi hisoblanadi.

Ularda soʻrilgan gazning xajmi rotorda ekssentrik joylashgan sirpanuvchi plastina bilan silindr orasida (plastina va vintsimon rotor orasida (vintli Kompressor) kamayadi. Markazdan qochirma Kompressorda rotorning ish gʻildiragiga aylanma harakat beradigan gaz, avval markazdan qochma kuch taʼsirida, soʻngra harakat tezligining pasayishi natijasida (halqa diffoʻzorda) siqiladi. Oʻ qa viy K.da gaz oʻqqa parallel siljiydi. Bunda gaz rotor koʻraklari bilan korpusning koʻzgʻalmas koʻraklari orasida siqiladi. Markazdan qochirma va uqaviy Kompressorni turbokompressorlar ham deb ataladi. 

Oqimli Kompressorlarning tuzilishi va ishlashi oqimli nasoslarga oʻxshash, ammo bosim darajasi nasosnikidan yuqori. Bunda ish muhiti sifatida, koʻpincha, suv bugʻidan foydalaniladi. Kompressorlar sanoatning koʻp tarmoqlarida ishlatiladi.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil