Kontent qismiga oʻtish

Pontus Almqvist

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pontus Almqvist
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pontus Skule Erik Almqvist
Tavallud sanasi 1999-yil 10-iyul (1999-07-10) (27 yosh)
Tavallud joyi Nyköping, Shvetsiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lecce
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2013 Nyköpings
2014 Syrianska
2014 Norrköping
2015–2016 Nike Academy
2016 IFK Norrköping

Pontus Almqvist – (1999-yil 10-iyulda tugʻilgan) – shvetsiyalik professional futbolchi, Italiya A seriyasining “Lechche” klubida oʻynaydi[1]. U Rossiyaning „Rostov“ klubi bilan ham shartnoma imzolagan, ammo bu shartnoma amalga oshmagan. U futbol maydonida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Stokgolmdagi mashgʻulotlarda qatnashgandan soʻng, Almqvist 2017-yilgi mavsum uchun Norrköping jamoasi bilan professional shartnoma imzolagan. Undan oldin Nike Futbol Akademiyasida futbol saboqlarini oʻzlashtirgan. 2017-yil 23-sentyabrda u Norrköping safida debyut qilgan. Oʻyinda uning jamoasi Xalmstadga 2:1 hisobida magʻlub boʻlishgan[2]. U 2017-yilgi shartnomasi boʻyicha ijaraning maʼlum muddatini 2-divizion vakili "Sylvia" jamoasida oʻtkazgan jamoa safida 3 ta oʻyinda maydonga tushib bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan U 2018-yilgi mavsum boshida Varbergs BoISga ijara asosida qoʻshilgan va 2018-yil iyul oyida Norrköping safiga qaytishdan oldin toʻrt marta maydinga tushgan[3]. U 2020-yil sentyabr oyida Shvetsiya U21 terma jamoasidagi dastlabki ikkita golini urishga erishgan[4]. 2020-yil 15-oktaybrda Almqvist Rossiya Preymer-ligasi klubi Rostov bilan besh yillik shartnoma imzolagan[5]. 2022-yil 7-martda FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bogʻliq maxsus qoidalarni joriy qilgan. Ushbu qoidalar Rossiyadagi xorijlik futbolchilarga 2021–2022-yilgi mavsum oxirigacha Rossiya klublari bilan shartnomalarini bir tomonlama vaqtincha toʻxtatib turish va shu sanagacha Rossiyadan tashqaridagi klublarga qoʻshilish imkonini bergan[6]. 2022-yilning 17-martida Almqvist 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha Gollandiyaning “Utrext” klubi bilan shartnoma imzolagan[7]. FIFA 2022—2023-yilgi mavsum uchun reglamentini uzaytirgan va Almqvistga 2022-yil 5-iyulda bir yillik ijara asosida Polshaning [[“Po[8].gon Shecin”]] jamoasiga oʻtishga ruxsat bergan[9].

2023-yilning 22-iyunida Almqvist vaqtinchalik shartnoma asosida Italiyaning Lechche klubiga oʻtgan[10].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa kubogi Jami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Norrköping 2017 Allsvenskan 10100020
2019 Allsvenskan 7020–90
2020 Allsvenskan 20500–205
Jami 2853000315
Sylvia (ijara) 2017 Division 2 31––31
Varberg (ijara) 2018 Superettan 40––40
Norrby (ijara) 2018 Superettan 14110–151
Sylvia (ijara) 2019 Ettan 62––62
Jami 93000093
Rostov 2020–21 RPL 19110–201
2021–22 RPL 18210–192
Jami 3732000393
Utrecht (ijara) 2021–22 Eredivisie 90––90
Pogoń Szczecin (ijara) 2022–23 Ekstraklasa 1230030153
Jami 11315603012215
  1. ↑ Pontus Almqvist‚ svenskfotboll.se, 4 January 2018
  2. ↑ „Pontus Almqvist signs for IFK Norrköping | Nike Academy to pro contract“. unisportstore.com (2016-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
  3. ↑ „IFK-mittfältaren tränar med annan klubb“ (Swedish). nt.se (2018-yil 18-iyul). Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
  4. ↑ „BBC Football Scores“. bbc (2020-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr. [sayt ishlamaydi]
  5. ↑ „Понтус Альмквист — игрок "Ростова"“ (Russian). FC Rostov (2020-yil 15-oktyabr). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  6. ↑ „FIFA adopts temporary employment and registration rules to address several issues in relation to war in Ukraine“. FIFA (2022-yil 7-mart).
  7. ↑ Utrecht (2022-yil 17-mart). „Pontus Almqvist maakt seizoen af bij FC Utrecht“ (nl). Press-reliz.
  8. ↑ „ALMQVIST IN GIALLOROSSO“ (ru). US Lecce (2023-yil 22-iyun).
  9. ↑ „Pontus Almqvist nowym zawodnikiem Pogoni!“ (pl). Pogoń Szczecin (2022-yil 5-iyul).[sayt ishlamaydi]
  10. ↑ „ALMQVIST IN GIALLOROSSO“ (ru). US Lecce (2023-yil 22-iyun). 2023-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.