Polyarografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polyarografiya (yun. polos — qutb va grapho — yozyapman) — erigan moddalar konsentratsiyasi va tabiatini aniqlashning elektrkimyoviy usullaridan biri. Tekshiriladigan eritmaga tushirilgan elektrod yordamida tok kuchi bilan kuchlanish orasidagi bogʻliqlikni oʻlchashga asoslangan. 1922-yilda Ya. Geyrovskiy taklif qilgan. Bu bogʻliklikda volt-amper egri chiziqdan — polyarogrammalarni tahlil qilib, Polyarograf sxemasi aniqlanadi.

Polyarogrammani hosil qilish uchun maxsus asbob — polyarografdan foydalaniladi. U elektrolizer 1, simob elektrod 2, simobli rezervuar 3, galvanometr 4, shunt 5, reostat 6, akkumulyator 7 dan iborat. Polyarogrammaning doimiy tok, oʻzgaruvchan tok, yuqori chastotali tok, ossillografik, impulsli xillari bor. Polyarogramma mineral xom ashyolarni tekshirish, reaktivlarning tozaligini nazorat qilish, kimyoviy jarayonlar tezligi va mexanizmini tadqiq qilish kabi maqsadlarda, geologiya, tibbiyot, metallurgiya, farmakologiya va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil