Kontent qismiga oʻtish

Pokistonning islom hamkorlik tashkiloti bilan munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pokistonning Islom hamkorlik tashkiloti bilan munosabatlari Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT) 1969 yilda tashkil topgan. Shtab-kvartirasi Jidda (Saudiya Arabistona)da. Unda 55 musulmon mamlakati ishtirok etadi. 2010 yilda ushbu tashkilot Islom hamkorlik tashkiloti deb nomlandi. XX asrning 80-yillari davomi – 90-yillar boshlarida afg‘on muammosi Pokistonning IKTdagi faoliyati markazida bo‘ldi; shu bilan birga Pokiston BMTdagi chiqishlaridagi kabi, bu tashkilotda ham Falastin arablarining o‘z davlatini tuzishga bo‘lgan ajralmas huquqini amalga oshirishdagi kurashini, Isroil tomonidan bosib olingan arab hududlarini ozod qilish va boshqa masalalarni yoqlab chiqdi.1994-yilning sentyabrda Islomobodda IKTning favqulodda sessiyasi chaqirildi. Unda asosiy e’tibor Bosniya-Gersegovinadagi vaziyatga va musulmon mamlakatlari manfaatlariga taalluqli boshqa dolzarb xalqaro muammolarga xal etishga e'tibor qaratildi. 1997- yilning martida Islomobodda IKTningIslom davlatlarining 21 asrga kirib borishiga tayyorgarligi” shiori ostidagi navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya majlisida boshqa hujjatlar qatori, xususan Pokiston hukumatining Kashmir muammosini hal etishdagi harakatini qo‘llab-quvvatlash masalasi ham belgilab qo‘yilgan, Jammu va Kashmir bo‘yicha Dekloratsiya qabul qilindi.

Adabiyotlar; Abdullayev.N ,Abdullayev.A Pokiston tarixi kitobidan.