Poʻlkan Muhammad Jomrot oʻgʻli
Poʻlkan Muhammad Jomrot oʻgʻli (1874 — Samarqand viloyati Xatirchi tumani Qatagʻon qishlogʻi — 1941) — shoir, dostonchi.
Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi vakili. Jassoq baxshi (19-asr)ning shogirdi. Yoshligidan yetimlikda oʻsgan, doʻmbira chertishni, doston va termalar aytishni oʻrgangan. 25 yoshida yetuk dostonchi sifatida tanilgan. P. 70 dan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan va kuylab kelgan: "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlar, "Qironxon", "Orzigul", "Alpomish", "Yodgor", "Rustam" turkumi va boshqa Re-pertuarlari mavzu va janr jihatidan turli-tuman boʻlib, ularda oʻzbek xal-qining oʻtmishidagi hayoti, urf-odatlari, intilishi va orzu-umidlari ifodalangan. "Hasan batrak" (1927) dostonida oʻzbek mehnatkashlarining yer va suv haqidagi orzu-tilaklari, bu yoʻldagi kurashi aks etgan. P. kuylagan anʼanaviy dostonlar ham gʻoyaviy va badiiy yuksakligi bilan ajralib turadi. P. ijodi oʻzbek folklori taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Afzalov M., Poʻlkan shoir, T., 1955;
- Poʻlkan shoir, Maqolalar toʻplami, T., 1976.[1]
- Goʻroʻgʻlining tugʻilishi, T., 1967;
- Gulnor pari, T., 1967;
- Hilomon. Goʻroʻgʻli turkumi dostonlaridan. T., 1970;
- Hasanxon, T., 1976.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |