Philippe Boucher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Philippe Boucher
Tugʻilgan joyi 24-mart 1973-yil (1973-03-24) (51 yosh)
Saint-Apollinaire, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 3 in (191 cm)
Ogʻirligi 212 lb (96 kg; 15 st 2 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Buffalo Sabres
Los Angeles Kings
Dallas Stars
Pittsburgh Penguins
NHLga kirish drafti 13-oʻrindagi tanlov, 1991
Buffalo Sabres
Jamoalardagi faoliyat 1992—2009

Philippe Boucher (talaffuzi: Filipp Baucher) (1973-yil 24-martda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. Hozirda Philippe Boucher QMJHLning „Drummondville Voltigeurs“ klubining bosh menejeri hisoblanadi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havaskor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligida Philippe Boucher 1985, 1986 va 1987-yillarda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Lotbinière“, „Quebec“ va „Riv-Sud“ kabi kichik xokkey jamoalari bilan oʻynagan[1].

Professional[tahrir | manbasini tahrirlash]

Philippe Boucher „Buffalo Sabres“ xokkey klubi safiga 1991-yilda NHLga kirish loyihasida birinchi bosqichda, umumiy 13-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Jamoaga qoʻshilganidan bir yil oʻtgach, Philippe Boucher oʻzining professional faoliyatini boshlaydi. Shundan soʻng, 1992—1993-yilgi mavsumni klubning Amerika xokkey ligasi filiali „Rochester Americans“ xokkey klubi bilan yakunladi. 1994—1995-yilgi mavsumda Philippe Boucher „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

„Los Angeles Kings“ xokkey klubi safida Philippe Boucher yaxshiroq oʻyinlar koʻrsata boshladi. Shundan keyin Philippe Boucher klub safida sakkiz mavsum davomida harakat qildi. Philippe Boucher klub safida 2001—2002-yilgi mavsumda 80 ta oʻyinda maydonga tushdi.

2002-yilda Philippe Boucher „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. 

2006—2007-yilgi NHL mavsumida Philippe Boucher 19 ta gol bilan muntazam mavsumda himoyachi tomonidan eng koʻp gol urish boʻyicha klubning franchayzing rekordini oʻrnatdi. Baucher NHL tomonidan 2007-yil 24-yanvarda Dallasda boʻlib oʻtgan 55-Milliy xokkey ligasi yulduzlar oʻyinida ishtirok etish uchun tanlangan.

2008-yilning 16-noyabrida 2008—2009-yilgi mavsum uchun Philippe Boucher Darryl Sydor evaziga „Dalals Stars“ klubi tomonidan „Pittsburgh Penguins“ klubiga almashtirildi[2]. Philippe Boucher 2009-yil 3-sentyabrda NHLdagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[3].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Philippe Boucher xotini Lucie va ularning ikki farzandi Matthew va Vanessa bilan Quebec shahrida yashaydi[4]. Philippe Boucher Lotbiniere mintaqasidagi kam taʼminlangan bolalarga yordam beradigan Philippe-Baucher fondiga asos solgan[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1988—1989 Ste-Foy Gouverneurs QMAAA 5 0 0 0 2
1989—1990 Ste-Foy Gouverneurs QMAAA 42 26 60 86 76 12 6 19 25 16
1990—1991 Granby Bisons QMJHL 69 21 46 67 92
1991—1992 Granby Bisons QMJHL 49 22 37 59 47
1991—1992 Laval Titan QMJHL 16 7 11 18 36 10 5 6 11 8
1992—1993 Laval Titan QMJHL 16 12 15 27 37 13 6 15 21 12
1992—1993 Rochester Americans AHL 5 4 3 7 8 3 0 1 1 2
1992—1993 Buffalo Sabres NHL 18 0 4 4 14
1993—1994 Rochester Americans AHL 31 10 22 32 51
1993—1994 Buffalo Sabres NHL 38 6 8 14 29 7 1 1 2 2
1994—1995 Rochester Americans AHL 43 14 27 41 26
1994—1995 Buffalo Sabres NHL 9 1 4 5 0
1994—1995 Los Angeles Kings NHL 6 1 0 1 4
1995—1996 Phoenix Roadrunners IHL 10 4 3 7 4
1995—1996 Los Angeles Kings NHL 53 7 16 23 31
1996—1997 Los Angeles Kings NHL 60 7 18 25 25
1997—1998 Long Beach Ice Dogs IHL 2 0 1 1 4
1997—1998 Los Angeles Kings NHL 45 6 10 16 49
1998—1999 Los Angeles Kings NHL 45 2 6 8 32
1999—2000 Long Beach Ice Dogs IHL 14 4 11 15 8 6 0 9 9 8
1999—2000 Los Angeles Kings NHL 1 0 0 0 0
2000—2001 Manitoba Moose IHL 45 10 22 32 39
2000—2001 Los Angeles Kings NHL 22 2 4 6 20 13 0 1 1 2
2001—2002 Los Angeles Kings NHL 80 7 23 30 94 5 0 1 1 2
2002—2003 Dallas Stars NHL 80 7 20 27 94 11 1 2 3 11
2003—2004 Dallas Stars NHL 70 8 16 24 64 5 1 0 1 6
2005—2006 Dallas Stars NHL 66 16 27 43 77 5 0 1 1 2
2006—2007 Dallas Stars NHL 76 19 32 51 104 7 0 1 1 6
2007—2008 Dallas Stars NHL 38 2 12 14 26 3 0 0 0 4
2008—2009 Dallas Stars NHL 16 0 3 3 15
2008—2009 Pittsburgh Penguins NHL 25 3 3 6 24 9 1 3 4 4
NHL jami 748 94 206 300 702 65 4 10 14 39

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
  2. „Penguins deal for defenseman Boucher, send former Star Sydor back to Dallas“. ESPN.com. Associated Press (2008-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 18-noyabr.
  3. „Penguins defenceman Boucher announces retirement“. TSN (2009-yil 3-sentyabr). 2009-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-sentyabr.
  4. Lavoie. „Matthew Boucher: petit ailier aux grands espoirs“ (French). lesoleil.com (2016-yil 25-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.
  5. Labrecque. „Près de 20 000$ pour la Fondation Philippe Boucher“ (French). lepeuplelotbiniere.ca (2018-yil 21-fevral). Qaraldi: 2018-yil 6-iyun.