Pfizer
![]() | |
Turi | ommaviy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | farmatseftika |
Birja listingi | NYSE: PFE |
Qachon asos solingan | 1849-yil |
Xoʻjayinlar | Albert Bourla (2018-yildan boshqaruv raisi va CEO) |
Pfizer, Inc. (talaffuzi: Fayzer; /ˈfaɪzər/ [1][2], rasman "Pfizer" [3][4][5][6] deb talaffuz qilinadi) — Amerikaning dunyodagi eng yirik transmilliy farmatsevtik kompaniyalardan biri. Kompaniya dunyodagi eng mashhur Lipitor (Liprimar, Atorvastatin) preparatini ishlab chiqargan; bu preparat qondagi xolesterin darajasini pasaytirish uchun ishlatiladi, 1997-yildan 2012-yilgacha 125 mlrd dollarga sotilgan[7][8][9]. Bundan tashqari, kompaniya quyidagi mashhur dorilarni sotadi: Lyrics, Diflucan, Zithromax, Viagra, Sermion vareniklin. Pfizer aksiyalari 2004-yilda Dow Jones Industrial Averagega kiritilgan va 2020-yilda undan chiqarib tashlangan[10] . Uning bosh qarorgohi New Yorkda va asosiy tadqiqot markazi Connecticut shtatining Groton shahrida joylashgan.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pfizer 1849-yilda Brooklynning Williamsburg tumanida Harrison avenyu va Bartlett koʻchasida farmatseftik biznesga asos solgan nemis aslli amerikaliklar, Charlz Faiser (Karl Pfizer) va Charlz Erhardt (Germaniyaning Ludwigsburg shahridan) sharafiga nomlangan. Ular parazitlarga qarshi santonin preparatini ishlab chiqarishgan. Ularning mahsulotlari darhol muvaffaqiyat qozondi. Kompaniyaning tez oʻsishi 1880-yilda ular limon kislotasi ishlab chiqarishni boshlaganda boshlandi. Kompaniya Baltlet koʻchasi, Xarrison prospekti, Gerri koʻchasi va Flushing xiyoboni koʻchalari bilan chegaradosh hududda laboratoriya va fabrikasini kengaytirish uchun mulk sotib oldi. Bu binolar haligacha yordamchi ustaxona sifatida ishlatiladi. Pfizer oʻzining maʼmuriy shtab-kvartirasini Manhattan 81-Maiden Leynda tashkil etdi.
COVID-19ga qarshi tabletka[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pfizer kompaniyasi 2021-yil mart oyida COVID-19ga qarshi tabletka koʻrinishidagi preparatni sinovdan oʻtkazdi[11].
COVID-19ga qarshi vaksinaning bolalardagi sinovi[tahrir | manbasini tahrirlash]
«Pfizer» kompaniyasi 2021-yil mart oyidan Germaniyaning „BioNTech“ kompaniyasi bilan birga 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda vaksina xavfsizligi va samaradorligini klinik sinovdan oʻtkazishni boshladi. Tadqiqot natijalari 2021-yilning ikkinchi yarmida tayyor boʻladi. Birinchi bosqichga 144 nafar bola qamrab olingan. Keyinchalik yana 4500 nafar bola ishtiroki taʼminlanadi[12].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Jones D., Roach P., Setter J., Esling J. Cambridge English Pronouncing Dictionary. 18th ed. Cambridge University Press, 2011. ISBN 978-0-521-15253-2.
- ↑ Wells J. C. Longman Pronunciation Dictionary. 3rd ed. Longman, 2008. ISBN 978-1-4058-8118-0.
- ↑ Metodom prakticheskoy transkripsii s elementom transliteratsii (peredacha bukvi „P“ kak „P“).
- ↑ Zaregistrirovani yuridicheskoe litso OOO „Pfayzer Innovatsii“ i slovesniy tovarniy znak „Pfayzer“.
- ↑ „ООО «Пфайзер Инновации»“ (ru). РБК (28-iyun 2021-yil). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Заявка от 26.02.1976 № 75123 («Пфайзер»), государственная регистрация 28.03.1977 за № 58086“. Информационно-поисковая система, база данных «Российские товарные знаки». Федеральный институт промышленной собственности. Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Lipitor becomes world's top-selling drug“ (en). Crain Communications Inc. (28-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 7-aprel 2016-yil.
- ↑ „Key Performance Indicators“ (en). Pfizer Inc.. Qaraldi: 26-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Pfizer и Mylan намерены продать свои активы и получить разрешение на слияние“ (ru). Фармацевтический вестник (2-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Exxon Mobil, Pfizer removed from Dow Jones Industrial Average; Salesforce, Honeywell added“ (en). USA TODAY (25-avgust 2020-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2020-yil.
- ↑ „«Pfizer» коронавирусга қарши яна бир вакцинани инсонларда синовдан ўтказишни бошлади“. Bugun.uz. Qaraldi: 2021 йил 24 март.
- ↑ „«Pfizer» вакцинасини болаларда синовдан ўтказиш бошланди“. Bugun.uz. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.