Dou-jons indeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dou-jons indeksi - AQShning yetakchi kompaniyalari aksiyalari kursining Nyu-York birjasidagi oʻrtacha koʻrsatkichi, birja indikatori. Bu indeks dastlab 1884 y.dan "DouJons end kompani" firmasi tomonidan 11 kompaniya aksiyalari kursi buyicha "Uol strit jornel"da eʼlon qilinib borilgan. 1928 y.dan 30 ta kompaniya aksiyalari boʻyicha hisoblanib, muntazam matbuotda eʼlon qilib boriladigan boʻldi. Hozir D.-J. i. aksiyalar kursining birja yopiladigan chogʻda har kungi oʻrtacha qiymatlarini koʻrsatadi, muayyan vaqtdagi aksiyalarning oʻrtacha narxi oldingi davrdagi narxga solishtiriladi. Mas, oldingi narx indeksi 10, 100 yoki 1000 birlik deb qabul qilingan boʻlsa, keyingi narx shunga taqqoslanib, narx oshsa, yangi indeks 10,6, 106,1, 1010,5 deb baholanishi mumkin. Aksiyalar kursi indeksining koʻtarilishi uning haridorlarini koʻpaytiradi yoki aksincha. Kompaniyalar aksiyalarining kurs indeksiga qarab iqtisodiy vaziyatga baho beriladi. D.-J. i. faqat iqtisodiy emas, balki siyosiy vaziyatga qarab ham oʻzgarib turadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil