Petr Čech

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Petr Čech
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Petr Čech
Tavallud sanasi 20-may 1982-yil (1982-05-20) (41 yosh)
Tavallud joyi PlzeňChexiya
Boʻyi 196 sm
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1989–1999 Plzeň
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999–2001
2001–2002
2002–2004
2004–
Blšany
Sparta Praga
Stade Rennais
Chelsea
(27 (0)
27 (0)
70 (0)
115 (0))
Milliy terma jamoa
2002– Andoza:Country data the Czech Republic Chexiya (56 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Petr Čech (talaffuzi: Petr Chex; 1982-yilning 20-mayida tugʻilgan) Chexiya milliy futbol terma jamoasi va Chelsea klubi darvozabonidir. UEFA Chempionlar Ligasi 2004-2005 va 2006-2007 mavsumlari eng yaxshi darvozaboni, deb topilgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Petr Čech Chexiya (u paytlarda Chexoslovakiya)ning Plzeň shahrida tavallud topgan. Shu shahar klubida bolalik yillaridan futbol oʻynashni boshlagan. Avvalboshda yarimhimoyachi/hujumchi boʻlgan Petr oyogʻini 10 yoshida sindirganidan soʻng darvozabonlikka oʻtgan. 17 yoshida FK Chmel Blšany klubiga koʻchgan. 2001-yili u 700 ming evaziga AC Sparta Praha klubiga oʻtdi. 855 daqiqa gol oʻtkazmaay milliy rekord oʻrnatgan Petr bilan Stade Rennais FC klubi qiziqib qolib, uni 5 million € ga sotib oldi. 2004-yilda esa Petr Čech Chelsea F.C. klubi bilan 5 yillik shartnoma (10,3 million €) imzoladi.

2006-yil oktyabrida Čech Reading klubi bilan matchda boshidan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur boʻldi (shunisi qiziqki, uning oʻrniga maydonga tushgan Carlo Cudicini ham oʻsha matchda jarohatlanib, hushsiz holda maydondan chiqarildi; match oxirigacha John Terry darvozada turishga majbur boʻldi). Bosh chanogʻi singan Čech 2007-yilgacha futbol oʻynamadi. 2007-yil yanvarida esa u regbichilar bosh kiyimi bilan oʻyinga qaytdi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]