Peter Postlethwaite

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peter Postlethwaite
Tavalludi
Peter William Postlethwaite

7.2.1946
Vafoti 2.1.2011
Shropshir, Angliya, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik Buyuk Britaniya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1975—2010
Mukofotlari Britaniya imperiyasi ordeni
Peter Postlethwaite
Tavalludi 7-fevral 1946[1][2] va 16-fevral 1946
Vafoti 2-yanvar 2011[3][4]
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik

Piter Uilyam „Pit“ Postletveyt (inglizcha: Peter William "Pete" Postlethwaite [ˈpɒsəlθweɪt]; 1946-yil 7-fevral, Uorrington – 2011-yil 2-yanvar[5], Shryusberi) – ingliz kino aktyori.

Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar:„Podozritelnie litsa“, „Vo imya otsa“, „Yura parki 2: Yoʻqolgan dunyo“, „Soʻnggi Mogikan“, „Ajdaho yuragi“, „Muqaddima“, „Gorod Vorov“.

1994-yilda „Vo imya otsa“ filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor nominatsiyasida Oskarga nomzodi ko'rsatilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peter Postlethwaite 1946-yil 7-fevralda Cheshir shtatining Uorrington shahrida tugʻilgan. Gollivudga kelganidan soʻng birinchi katta filmdagi roli „Dalekiye golosa, zastivshiye jizni“ filmidagi Ota rolidir. Aktyor tamaki chekishni juda hush koʻrardi va shu sababli 1990-yilda aktyorga oʻpka saratoni tashxisi qoʻyildi. Kasallik bilan uzoq yillar kurashgan, hozirda sogʻaygan.

1992-yilda „Chujoy 3“ filmida Devid rolini ijro etgan.

1994-yilda „Vo imya Otsa“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ nominatsiyasida Oskar mukofotiga nomzod boʻlgan.

Shundan soʻng, aktyor „Podozritelnie litsa“, „Ajdaho yuragi“, „Romeo va Julietta“, „Yura davri parki 2: Yoʻqolgan dunyo“, „Solomon Keyn“, „Muqaddima“, „Gorod vorov“ kabi filmlarda muhim rollarni ijro etgan.

Koʻpgina tomoshabinlar, shu jumladan ruslar ham uni Bernard Kornuellning („Rota Sharpa“ (1993) va „Vrag Sharpa“ (1994)) romanlariga asoslangan „Priklyuchenie korolevskogo strelka Sharpa“ nomli tarixiy serialdagi salbiy, ammo oʻziga xos roli bilan eslashadi.

2004-yilda Postlethwaite Britaniya imperiyasining ordeni bilan taqdirlangan.

Peter Postlethwaite 2011-yil 2-yanvarda Shropshire kasalxonasida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi[6][7][8]. „Ubit Bono“ filmidagi roli, uning oxirgi ijro etgan roli boʻldi.

Vafotidan soʻng aktyor Ben Afflekning „ Gorod Vorov“ filmidagi roli uchun Britaniya kino va televideniye sanʼati akademiyasining „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor“ mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. „Lenta.ru: Кино: Умер британский актёр Пит Послтуэйт“. 2011-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-yanvar.
  6. Lesnik, Tim. „Daniel Day Lewis Pays Tribute to Pete Postlethwaite“ (2011-yil 17-fevral). 2011-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-fevral.
  7. „Oscar-nominated actor Pete Postlethwaite dies aged 64“. Bbc.co.uk (2011-yil 3-yanvar). 2022-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-yanvar.
  8. Bradshaw, Peter. „Pete Postlethwaite: A face we won't forget“. Guardian (2011-yil 1-yanvar). 2011-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]