Peshavordagi portlash (2023)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Peshavordagi portlash (2023)
Joylashgan Peshovar
Koordinatlar 34°00′47″N 71°33′34″E / 34.01306°N 71.55944°E / 34.01306; 71.55944 G OKoordinatalari: 34°00′47″N 71°33′34″E / 34.01306°N 71.55944°E / 34.01306; 71.55944 G O
Sana 30-yanvar, 2023-yil(2023-01-30)
13:40 (PKT)
Nishon shialar
Hujum turi
Terrorchilik hujumi
Qurol bomba
Halok boʻlganlar 101[1]
Jarohat olganlar
220+

Peshavordagi portlash2023-yil 30-yanvarda Pokistonning Peshovar shahridagi shia masjidiga (Xayber Paxtunxva) peshin namozi vaqtida uyushtirilgan xudkushlik hujumi. Ushbu terrorchilik hujumi natijasida 90 kishi halok bo‘ldi[1][2] va 170 kishi yaralandi. Portlash namoz paytida sodir bo‘lgan. Portlashda binoning bir qismi qulagan va namozxonlarning ko‘pchiligi xarobalar ostida qolib ketgan[3][4][5].


Voqea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namoz payti namozxonlarning birinchi qatorida turgan terrorchi o‘zini portlatib yuborgan. Portlash kunduzgi ibodat chog‘ida sodir etilgan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda hodisa oqibatida masjid devori qulab tushgani va omon qolganlarni xarobalar ostidan chiqarib olishga to‘g‘ri kelgani aks etgan. Voqea joyi armiya va politsiya kuchlari tomonidan o‘rab olingan. Yaradorlar Peshavordagi „Ledi Reding“„“ nomidagi shifoxonaga olib kelingan va shifoxonada favqulodda holat e’lon qilingan. Islomobodda politsiya terrorchilik tahdidining yuqori darajasini e’lon qilib, poytaxtga kirish va chiqishda o‘rnatilgan barcha blokpostlarda tekshiruv ishlarini kuchaytirdi[3][6].

2022-yil mart oyida ham Peshavorda shialar masjidida portlash ro‘y berishi oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgandi.

Munosabat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif portlash tashkilotchilarini qoralab, ular islom diniga aloqador emasligini ta’kidladi[3].

Butun xalq terrorizm tahdidiga qarshi kurashda yagona frontda.

— Shahboz Sharif, in

Peshavor politsiyasi komissari o‘rinbosari quyidagilarni aytdi:

Bizning birinchi galdagi vazifamiz - xarobalar ostida qolib ketgan odamlarni qutqarish.

— Shafiulla Xon, in

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]