2022-yil Peshawar masjidiga hujum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil Peshavor masjidiga hujum
Koordinatlar 34°00′21.5″N 71°34′13.0″E / 34.005972°N 71.570278°E / 34.005972; 71.570278 G OKoordinatalari: 34°00′21.5″N 71°34′13.0″E / 34.005972°N 71.570278°E / 34.005972; 71.570278 G O
Sana 4-mart, 2022-yil(2022-03-04)
Halok boʻlganlar 63 (shu jumladan jinoyatchilar ham)[1]
Jarohat olganlar
196[2]
Jinoyatchilar Islomiy Davlatning Xuroson qanoti
Maqsadi Shialarga qarshi
Hujum Otishma, xudkush portlash


2022-yilning 4-martida „Islomiy davlatning Xuroson qanoti“ terroristik guruhi Pokistonning Xaybar-Paxtunxva viloyati, Peshavor shahridagi Qissa Khwani Bazaar bozoridagi shia masjidiga hujum qildi. Pokistonda uzoq vaqt istiqomat qilgan afgʻonistonlik shaxs tomonidan amalga oshirilgan xudkushlik hujumida kamida 63 kishi halok boʻldi va 196 kishi yaralandi.

Voqealar xronologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

20-asr oxiri va 21-asr boshlarida Pokistonda islomiy va mazhablararo toʻqnashuvlar juda keng avj olgan boʻlib, ushbu qarama-qarshiliklar minglab odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan.[3][2] 2004-yilda ularning hujumlari kuchayib, mamlakat shimoli-gʻarbida qoʻzgʻolonga aylandi.  Pokistonning Afgʻoniston bilan chegaradosh Xaybar-Paxtunxva viloyatining poytaxti va eng yirik shahri Peshavorda koʻplab yirik hujumlar sodir boʻldi. Jumladan 2009-yilda kamida 117 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan bozordagi portlash;[4] 2013-yilda shia masjidiga uyushtirilgan hujumda kamida 14 kishi halok boʻlgan terrorchilik harakati;[5] huddi shu yili cherkovda ham sodir etilgan xudkushlik hujumida kamida 75 kishi halok boʻlgan hujumlarni eslab oʻtish mumkin.[6] Keyingi hujumlar 2014-yilda maktabdagi qirgʻin va 2015-yilda shia masjidiga qilingan yana bir hujumni oʻz ichiga olgan.[7][8] Peshavor 2022-yilgi hujumdan oldingi yillarda „sukunat davri“ni boshidan kechirgan.[1] Biroq hujumdan bir necha oy oldin Pokiston va Afgʻoniston chegarasidagi harbiy postlar boʻylab „zoʻravonliklarning sezilarli darajada ortishi“ kuzatilgan.[9]

Kucha Risaldar (Kocha Risaldar, Kucha Risalda) eski Peshavor shahridagi, asosan, shialar yashaydigan mahalladir. Hujum nishoni boʻlgan u yerdagi asosiy masjid Qissa Hwoni Bazaar bozorida joylashgan.[10] Bu masjid hududdagi eng qadimiy masjidlardan biri boʻlib, 1947-yilda Pokiston Britaniya mustamlakasidan halos boʻlib, alohida davlat sifatida tashkil etilishidan avval ham mavjud boʻlgan.[9]

Hujum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 4-mart, mahalliy vaqt bilan soat 12:55da (UTC+5),[10] juma namozi vaqtida qora kiyim kiygan va toʻpponcha bilan qurollangan[11] bir kishi yana ikki kishi bilan motorli rikshada Kucha Risaldardagi Asna-e-Ashri masjidi yaqiniga yetib keladi.[12] Keyin u yolgʻiz oʻzi piyoda masjid binosi tomon yuradi.[9][10][11] U bino tashqarisida politsiyachilarga qarata oʻq uzadi, biri oʻldiradi yana biri ogʻir jarohat bilan yaralanadi.[1][13][9] Oʻrtada otishma sodir boʻladi.[10][13]

Hujumchi masjidning asosiy zaliga kirib, masjidning ikki qavatini toʻldirgan namozxonlarga qarata oʻq uzadi. Bir necha soniya oʻtgach, u 150 ga yaqin rulman va 5 kilogram (11 lb) portlovchi moddalar boʻlgan portlovchi jiletini portlatib yuboradi. Natijada kuchli portlash sodir boʻlib, zarba toʻlqini natijasida asosiy zal vayron boʻladi.[10][9][3][14] Portlovchi jilet uning katta roʻmoli va toʻq rangli kiyimining ichida boʻlgani uchun oson yashirilgan edi.[9][10] Guvohlarning aytishicha, hujumchi minbarga yetib kelganida portlovchi moddani ishga tushirgan. Politsiya bosh inspektori esa voqea masjidning uchinchi qatorida sodir boʻlganini aytadi.[10]

Halok boʻlganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab kamida 56 yoki 57 kishi, shuningdek, hujumchining oʻzi ham halok boʻlgani va yana 196 kishi yaralangani xabar qilingan.[10][9][2] Jabrlanganlar Lady Reading kasalxonasiga olib ketilgan, ularning 10 nafarining holati „juda ogʻir ahvolda“ boʻlgan. 57 nafari inson esa voqea joyida vafot etgan edi.[9][15] Kasalxona vakili soʻzlariga koʻra, ertasi kuni kamida yana 37 kishi kasalxonaga yotqizilganini, ularning toʻrt nafari ogʻir ahvolda ekanini va bir kechada olti kishi vafot etganini aytgan. Qurbonlar soni shu bilan 63 nafarni tashkil etgan.[12][1][15]

Politsiya xodimining fikricha, rulmanlar eng koʻp oʻlimga sabab boʻlgan va koʻplab qurbonlarning oyoq-qoʻllari turli buyumlar parchalari bilan kesilgan.[9] Oʻlganlar orasida Allama Irshod Husayn Xalil ham bor boʻlgan. Uni AP News „taniqli va yangi iqtidorga kelayotgan yosh shia yetakchisi“ deb taʼriflagan.[9] Hujumchi masjidga yaqinlashganda yaralangan ikki zobit voqea joyida vafot etdi.[1]

Bu „Islomiy davlat“ 2018-yilda Balujistonning Mastung shahridagi saylovoldi mitingidagi portlashdan keyingi Pokistondagi eng qonli hujumidir.[2]

Oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 5-mart kuni „Islomiy davlat – Xuroson qanoti“ning Amaq News Agency axborot agentligi, hujum uchun mas’uliyatni ular oʻz zimmasiga olishini va xudkush terrorchi ismi Julaybib al-Kabli ekanligini maʼlum qildi.[2][16] Ertasi kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida xavfsizlik xodimlari bu ism uning taxallusi ekanligini va hujumchining shaxsini aniqlaganliklarini aytishdi. Ham „Islomiy Davlat“ ham xavfsizlik rasmiylari uning Afgʻoniston fuqarosi ekanligini aytishdi.[12][9] Rasmiylar u bir necha oʻn yillar oldin, Pokistonga koʻchib kelganini ammo ota-onasi avvalroq uni bedarak yoʻqolgani xabar qilinganidan soʻng u „Islomiy Davlat“ safiga qoʻshilgan deb gumon qilinganligini qoʻshimcha qildi.[12]

Federal axborot va radioeshittirish vaziri Fawad Chaudhry hujumni tergov qilish uchun uchta tergov guruhi tuzilganini va viloyat hukumati matbuot kotibi 5-mart kuni jurnalistlarga riksha haydovchisi hibsga olinganini aytdi.[1]

2022-yil 4-mart kuni kechqurun va ertasi kuni ertalab, 24 nafar qurbon boʻlganlar uchun Kohati Gate darvozasi oldida dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Yuzlab odamlar ishtirok etgan dafn marosimlari, kuchli xavfsizlik ostida oʻtkazildi. Jumladan, iskovchi itlar va havsizlik xizmati politsiyachilari marosimlar davomida shia jamoasi qoʻriqlab turdi.[1] Hujum oldidan hukumat xavfsizligi juda zaif ekanini his qilgan shia jamoasi oʻz himoyasini yaxshilashni talab qildi va hujumni qoralash uchun 4-mart kuni kechqurun butun mamlakat boʻylab namoyishlar uyushtirdi.[1]

Munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokiston bosh vaziri Imran Khan masjidga uyushtirilgan hujumni qoralab, vaziyatni shaxsan oʻzi nazorat qilayotganini va tegishli idoralarni muvofiqlashtirganini aytdi.[17]

Ichki ishlar vaziri Sheikh Rasheed Ahmad hujumni qoraladi va buni Avstraliya milliy kriket jamoasining yigirma toʻrt yil ichida mamlakatga birinchi tashrifi chogʻida beqarorlik yaratish uchun qilingan fitnaning bir qismi deb taʼrifladi.[18][19] Tarixiy xavfsizlik muammolari, shu jumladan 2009-yilda Shri-Lanka kriket terma jamoasiga qilingan hujum tufayli xalqaro tadbirlar asosan Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtkazilgan.[19][14]

Tashqi ishlar vaziri Shah Mehmood Qureshining aytishicha, u hujum uchun kim mas’ul ekanini va hujumchilarni Pokistondagi barqarorlikni buzish maqsadida qurol va resurslar bilan taʼminlaganini bilishini aytdi.[20] Chaudhry Twitterdagi bayonotida, hujumni mamlakatga qarshi „katta fitna“ning bir qismi deb taʼrifladi.[21]

Boshqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Khyber Pakhtunkhwa Bar Council jabrlanganlar bilan birdamlik uchun 5-mart kuni viloyatdagi barcha sudlarda ish tashlash eʼlon qildi.[22]

Pokiston cherkovi vakili Azad Marshall hujumni qoraladi va hukumatni din erkinligini yaxshiroq taʼminlash hamda himoya qilishga chaqirdi. Bu esa uning „asosiy axloqiy va huquqiy mas’uliyati“ deb taʼrifladi.[23]

Xalqaro hamjamiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Pokistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi va gumanitar koordinatori, Xavfsizlik kengashi hujumni qoraladi.[24][25] Shuningdek, hujum Misr,[26] Eron,[27] Saudiya Arabistoni,[28] Birlashgan Arab Amirliklari[29] va Qoʻshma Shtatlar hukumatlari tomonidan qoralangan.[30] Afgʻonistondagi Tolibon hukumat matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid ham hujumni qoralagan.[1][31]

Shuningdek Canterbury arxiyepiskopi Justin Welby,[23] Ammar al-Hakim,[32] Muqtada as-Sadr[33] va Buyuk Oyatulloh Sistoniy ham ushbu hujumni qoralab chiqishgan.[34]

Terrorchilar bilan toʻqnashuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi (CTD) boshqa huquq-tartibot idoralari koʻmagida 2022-yil 9-mart kuni Xaybar-Paxtunxva viloyatining Peshavor-Xaybar chegarasidagi Regi Lalma hududida oʻtkazilgan reydda, Peshavor shahriga kirishga uringan yana uch nafar terrorchini yoʻq qildi.[35] CTD maʼlumotchilariga koʻra, uch nafar terrorchi Peshavordagi Kocha Risaldar masjidiga xudkushlik hujumida ishtirok etgan va huquq-tartibot idoralariga qilingan boshqa hujumlarda, jumladan politsiya xodimlarini oʻldirishda ishtirok etgan guruhning bir qismi boʻlgan. Reyd davomida terrorchilardan avtomat qurollar, granatalar va oʻq-dorilar ham topildi.[35]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Gannon, Kathy; Khan, Riaz. „Death toll climbs to 63 in deadly Pakistan IS mosque attack“ (en). AP News (5-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "AP 5 Mar" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Sophia Saifi and Saleem Mehsud. „ISIS claims responsibility for blast killing dozens at Shia mosque in Pakistan's Peshawar“. CNN (4-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "C" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 „Pakistan bombing kills dozens in Shia mosque in Peshawar“ (en-GB). BBC News (4-mart 2022-yil). 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "B" defined multiple times with different content
  4. Hazrat Bacha, Ali. „Death toll from Peshawar blast rises to 117“. Dawn (30-oktabr 2009-yil). 1-noyabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2022-yil.
  5. „Suicide bomb attack on Pakistan Shia mosque 'kills 14'“. BBC News (21-iyun 2013-yil). 7-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2022-yil.
  6. „Pakistan church blast kills dozens“. BBC News (22-sentabr 2013-yil). 26-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2022-yil.
  7. „Pakistan raises death toll in Peshawar school attack to 148“. Los Angeles Times (17-dekabr 2014-yil). 11-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2022-yil.
  8. „Worshippers killed in Peshawar mosque attack“ (en). Al Jazeera. 9-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2022-yil.
  9. 9,00 9,01 9,02 9,03 9,04 9,05 9,06 9,07 9,08 9,09 9,10 „Suicide bombing kills 56 at Shiite mosque in Pakistan“. AP News (4-mart 2022-yil). 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "AP 4 Mar" defined multiple times with different content
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 10,6 10,7 „Suicide attack on Peshawar mosque during Friday prayers kills 57 worshippers, injures close to 200“. www.geo.tv. 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":2" defined multiple times with different content
  11. 11,0 11,1 „Suicide blast in Peshawar mosque claims 56 lives, injures more than 190“ (en). Dawn (4-mart 2022-yil). 6-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2022-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Khan, Ismail; Masood, Salman. „Pakistan Identifies Peshawar Suicide Bomber and Network, Police Say“. The New York Times (5-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NYT 5 March" defined multiple times with different content
  13. 13,0 13,1 „At least 56 killed as mosque bombed in northwest Pakistan“ (en). www.aljazeera.com. 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  14. 14,0 14,1 Ahmad, Jibran. „Suicide bombing at Shi'ite mosque in Pakistan's Peshawar kills at least 30“ (en). Reuters (4-mart 2022-yil). 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "reuters" defined multiple times with different content
  15. 15,0 15,1 „Suspects involved in Peshawar mosque blast identified: Sheikh Rashid“ (en). www.geo.tv. 6-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2022-yil.
  16. „ISLAMIC STATE CLAIMS RESPONSIBILITY FOR DEADLY SUICIDE BOMBING AT PAKISTANI MOSQUE“. Tag24 (5-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
  17. @ImranKhanPTI. „Have personally been monitoring operations & coordinating with CTD & Agencies in the wake of the cowardly terrorist attack on Peshawar Imambargah. We now have all info regarding origins of where the terrorists came from & are going after them with full force.“ (2022-yil 4-mart).
  18. „Peshawar blast is conspiracy to destabilize country: Sheikh Rashid“ (en-US). Latest News – The Nation. 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  19. 19,0 19,1 „Cricket-Australia will be guided by security experts, coach says after Peshawar blast“ (en). Reuters (4-mart 2022-yil). 6-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2022-yil.
  20. Ali, Z. „Qureshi condemns Peshawar blast“ (en). The Express Tribune (4-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2022-yil.
  21. Sumreen. „Peshawar blast part of 'big conspiracy' against country: Fawad Chaudhry“ (en-US). GNN – Pakistan's Largest News Portal (4-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  22. Ashfaq. „Peshawar mosque bombing brings back scenes of gloom“ (en). DAWN.COM (5-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
  23. 23,0 23,1 „Church leaders slam Peshawar attack, urge nation to unite against terrorism“ (en-US). Daily Times (5-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2022-yil. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":3" defined multiple times with different content
  24. „UN Resident Coordinator Condemns Deplorable Attack at Peshawar Mosque | United Nations in Pakistan“ (en). pakistan.un.org. 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  25. „UNSC condemns 'heinous and cowardly' terrorist attack in Peshawar“ (en-US). Daily Times (7-mart 2022-yil). 7-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2022-yil.
  26. „Egypt condemns terror blast against Peshawar mosque“ (en). sis.gov.eg. 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  27. „Iran strongly condemns attack on Pakistani mosque“ (en). Mehr News Agency (4-mart 2022-yil). 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  28. „Saudi Arabia condemns terrorist attack targeting mosque in Peshawar“ (English). Saudigazette (4-mart 2022-yil). 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  29. Peshawar attack. „UAE condemn peshawar attack“. Wam.ae. 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  30. „US condemns mosque blast in Pakistan's Peshawar“. ThePrint (4-mart 2022-yil). 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  31. „Taliban spokesperson condemns Peshawar mosque attack“ (en). www.geo.tv. 4-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.
  32. Ali. „Iraqi parliamentary party urges Pakistan to eliminate terrorist cells“. DAWN.COM (5-mart 2022-yil). 5-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
  33. @Mu_AlSadr. „Message“. Qaraldi: 2022-yil 8-may.
  34. „Grand Ayatollah Sistani condemns Peshawar mosque attack in Pakistan“. Qaraldi: 5-mart 2022-yil.
  35. 35,0 35,1 „Three terrorists involved in Peshawar imambargah attack 'killed in encounter'“. Express Tribune (8-mart 2022-yil). Qaraldi: 9-mart 2022-yil.