Pekin universiteti
Pekin universiteti | |
---|---|
![]() |
Koordinatalari: 39°57′25.999999999202″N 116°21′44.99999999999″E / 39.95722222222200060°N 116.3624999999999972°E G O
Pekin universiteti - Xitoydagi qad. va eng yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1898-yil Oliy poytaxt mak-tabi sifatida tashkil etilgan. 1911-yildan Pekin universiteti deb yuritiladi. 1920-yillarda universitetda yozuvchi Lu Sin dare bergan. 1937—45 yillardagi milliy ozodlik urushi davrida Pekin universiteti Yunnan viloyatining Kunmin shahriga koʻchirilgan. 1952-yilda u qayta tashkil qilinib, unga Pekindagi boshqa oliy oʻquv yurtlarining baʼzi fakultetlari qoʻshilgan, universitetning bir necha fakulteti mustaqil institutlarga aylan-tirilgan. "Madaniy inqilob" deb atalgan davrda mashgʻulotlar 1970-yilgacha toʻxtatib qoʻyilgan. Keyinchalikoʻquvda-sturini qisqartirish hisobiga 3 yillik taʼlim muddati belgilangan. Pekin universiteti mat., fizika, kimyo, biol., geol., geogr., tarix, psixologiya, falsafa, xitoy tili va adabiyoti va boshqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiqasar saqlanadi. Universitetda 10 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |