Pekin ePrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pekín ePrixda ishlatilgan trassa

Pekin ePrix Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib oʻtgan Formula E chempionati turkumiga kiruvchi elektroavtomobillar poygasi edi. U birinchi marta 2014-15 yilgi mavsumda oʻtkazilgan, aynan shu mavsum 2014-yilgi Pekin ePrix tarixidagi birinchi Formula E poygasi boʻldi.

Avtodrom[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pekin ePrix Yozgi olimpiada oʻyinlari pallasida boʻlib oʻtdi. Pekin ePrixda 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida foydalanilgan „Qush uyasi“ olimpiya stadioni atrofidagi trassadan foydalanildi. Trassa jami 20 burilishdan iborat boʻlib, 3,453 km uzunlikka ega edi va bu natija Formula Eda qoʻllaniladigan eng uzun trassa boʻldi. Trassaning joylashuvi va dizaynini dizayner Rodrigo Nunes FIA, Formula E, Xitoy Xalq Respublikasi Avtosport federatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirdi. Olimpiya bogʻi qoʻmitasi, Pekin meri, Xitoy hukumati va tadbir tashkilotchisi China Racing bu jarayonda Pekin ePrixni yaxshi oʻtishiga oʻz xissasini qoʻshishgan[1][2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 13-sentyabrda Formula E tarixida birinchi Pekin ePrix poygasi boʻlib oʻtdi, poyga bahslarini kuzatish uchun Olimpiya bogʻiga 75 000 tomoshabin tashrif buyurdi. Tadbir oʻtkaziladigan joyga kirish bepul edi, faqat start-finish chizigʻidagi tribunalardagi joylar pullik edi. Musobaqani 40 million kishi tomosha qildi. Lucas di Grassi birinchi Peki ePrix gʻolibligini qoʻlga kiritdi. U oxirgi burchakdan biroz oldin avariyaga uchragan Nicolas Prost va Nick Heidfeld oʻrtasidagi toʻqnashuvdan foydalangan holda marraga birinchi boʻlib yetib keldi.

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Trassa Gʻolib Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Oʻrta pozitsiya Tez aylanish Manba
2014 Pekin Olimpiadasi trassasi Braziliya Lucas di Grassi
Audi Sport Abt
Fransiya Franck Montagny
Andretti Autosport
Birlashgan Qirollik Sam Bird
Virgin Racing
Fransiya Nicolas Prost
e. Dams Renault
Yaponiya Takuma Sato
Amlin Aguri
[4]
2015 Shveysariya Sébastien Buemi
Renault e.dams
Braziliya Lucas di Grassi
Abt Schaeffler Audi Sport
Germaniya Nick Heidfeld
Mahindra Racing
Shveysariya Sébastien Buemi
Renault e.dams
Shveysariya Sébastien Buemi
Renault e.dams
[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Circuit Guide | Beijing, China - Round 1 | FIA Formula E“. FIA Formula E. 2014-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2014-yil.
  2. „Wraps come off circuit design for Beijing Formula E GP“. FIA Formula E (14-mart 2014-yil). 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2014-yil.
  3. „Beijing set to host launch of Formula E“. China Daily (29-may 2014-yil). Qaraldi: 23-avgust 2014-yil.
  4. „2014 Evergrande Spring Beijing ePrix“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
  5. „2015 SWUSP Beijing ePrix“. Racing-Reference. Qaraldi: 2022-yil 13-may.