Pedrinho

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pedrinho
Pedrinho Benfica klubida 2020-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pedro Victor Delmino da Silva
Tavallud sanasi 13-aprel 1998-yil (1998-04-13) (25 yosh)
Tavallud joyi Maceió, Alagoas, Braziliya
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético Mineiro
(ijara)
Raqami 37
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2010 CSA
2011—2013 Vitória
2013—2019 Corinthians
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2020 Corinthians 108 (6)
2020—2021 Benfica 19 (0)
2021 Shakhtar Donetsk 11 (3)
2022Atlético Mineiro (ijara) 7 (0)
Milliy terma jamoa
2019—2020

Braziliyaning 23 yoshgacha boʻlgan

o'smirlar milliy futbol terma jamoasi
15 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-noyabr uchun)

Pedro Victor Delmino da Silva (talaffuzi: Pedro Viktor Delmino da Silva) (1998-yil 13-aprelda tugʻilgan)— Pedrinho nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Pedrinho A Seriya Campeonato Brasileiro vakili Atlético Mineiro futbol klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U klub safiga Ukraina Premer-ligasi vakili „Shakhtar Donetsk“ futbol klubidan ijaraga olingan[1].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedrinho yoshligida „CSA“ klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2011-yilda Pedrinho „Vitória“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. „Corinthians“ futbol klubi safiga 2013-yilda „Vitoria“ futbol klubida qisqa vaqt oʻtkazgandan soʻng kelib qoʻshilgan edi[2]. Pedrinho 2016-yilgi Copa San Paulo de Futebol Júnior va 2016-yilgi U20 Campeonato Brasileiro jamoalarining bir qismi boʻlib, ikkala turnirda ham jamoa bilan birga ishtirok etgan va yakunda jamoa ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyingi yili Pedrinho 2017-yilgi San-Paulu de Futebol Junior kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. Shu yili „Corinthians“ futbol klubi kubokdagi oʻninchi chempionligini qoʻlga kiritdi.

Corinthians[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedrinho „Corinthians“ futbol klubi safida 2017-yilning 19-martida „Ferroviária“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0 hisobidagi magʻlubiyat) oʻzining rasmiy debyutini oʻtkazdi[3].

Benfica[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 11-mart kuni „S.L. Benfica“ futbol klubi Pedrinho bilan 20 million yevro evaziga, 2025-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagani haqida xabar berdi. Futbolchi Portugaliya transfer bozori ochilgunga qadar „Corinthians“ futbol klubida qoladigan boʻldi[4].

Shakhtar Donetsk[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 9-iyun kuni „Benfica“ futbol klubi Pedrinhoni 18 million yevro evaziga Ukraina Premer-ligasi vakili „Shakhtar Donetsk“ futbol klubiga sotib yuborganini eʼlon qildi[5]. 2021-yilning 13-iyunida Pedrinho Ukraina klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[6].

Atlético Mineiro (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 30-iyun kuni „Atlético Mineiro“ futbol klubi „Shakhtar“ bilan Pedrinhoni bir yillik ijaraga olish boʻyicha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 14-noyabr holatiga ko'ra;
Klub statistikasi
Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Corinthians 2017 Seriya A 12 0 0 0 2 1 6 0 20 1
2018 Seriya A 35 0 5 1 6 0 7 1 53 2
2019 Seriya A 28 5 4 0 8 2 17 0 57 7
2020 Seriya A 1 0 3 0 4 0
Jami 75 5 9 1 17 3 33 1 134 10
Benfica 2020—2021 Primera Liga 19 0 4 1 5 0 3 0 31 1
Shakhtar Donetsk 2021—2022 Ukraina Premer-ligasi 11 3 0 0 7 1 1 0 19 4
Atlético Mineiro (ijara) 2022 Seriya A 7 0 1 0 8 0
Jami 112 8 13 2 30 4 37 1 192 15

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Redação. „PEDRINHO CONFIRMADO NO SHAKTHAR DONETSK POR €18M“ (portugalcha). abola.pt (9-iyun 2021-yil). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyun 2021-yil.
  2. Gabriel Carneiro. „Corinthians ensaia promoção de joia da Copinha observada pelo Barcelona“ (portugalcha). esportes.terra.com.br (19-yanvar 2017-yil). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  3. Staff. „Em substituição ousada de Carille, Pedrinho estreia pelo profissional do Corinthians“. meutimao.com.br (19-mart 2017-yil). Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  4. „SL Benfica signs Pedrinho“. S.L. Benfica (11-mart 2020-yil).
  5. „Acordo entre Benfica e Shakhtar para a transferência de Pedrinho“ (portugalcha). www.slbenfica.pt (9-iyun 2021-yil). Qaraldi: 9-iyun 2021-yil.
  6. „Pedrinho is Shakhtar player“ (2021-yil 13-iyun).
  7. „Acorda, Pedrinho! Atlético-MG anuncia a contratação de meia-atacante ex-Corinthians“ (portugalcha). ge (30-iyun 2022-yil). Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.