Pavel Bulgakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pavel Georgiyevich Bulgakov (1927.6.6 — Toshkent — 1993.28.10) — manbashunos, arabshunos. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1979). SanktPeterburg untining sharqftini tugatgan (1951). Shu untda oʻqituvchi (1954—57). Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1964—70), direktor oʻrinbosari (1970 yildan). B. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarini rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan. "Abu Dulafning ikkinchi risolasi" asarini rus tiliga (A. Xolidov bilan hamkorlikda) tarjima qilgan, nashr ettirgan (1960).

U Beruniyniig "Tahdid nihoyot ila mokin li tashih masofat ilmasokin" ("Geodeziya") asarining arab tilidagi tanqidiy matnini birinchi marta Qohirada chop ettirgan (1962), soʻng uni rus tiliga tarjima qilib, izohlar bilan Toshkentda nashr qildirgan (1966).

B. "Beruniyning hayoti va ijodi" asari muallifi (1972). Beruniyning saylanma asarlarining 5 jildiga kirgan "Masʼud qonuni" asari va boshqa mat., astronomiyaga oid risolalarini rus tiliga tarjima qiladi (1973). B. Xorazmiy haqida ham asarlar yozgan.

B. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1971).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil