Pavel Bezglyadnov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Futbol
Pavel Bezglyadnov
Toʻliq ism Pavel Aleksandrovich Bezglyadnov
Tugʻilgan vaqti 5-yanvar 1961-yil (1961-01-05) (63 yosh)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi
Boʻyi 182 sm
Pozitsitasi Yarim himoyachi
Klub faoliyati
1979 Flag SSSR Krasnaya Presnaya 1 (0)
1979—1981 Flag SSSR Iskra (Smolensk)
1981 Flag SSSR Spartak Moskva
1981—1982 Flag SSSR Krasnaya Presnaya 39 (1)
1983 Flag SSSR Lokomotiv Moskva
1983 Flag SSSR Krasnaya Presnaya 14 (0)
1984 Flag SSSR Lokomotiv Moskva
1984—1986 Flag SSSR Krasnaya Presnaya 56 (9)
1987 Flag SSSR Zorkiy 27 (4)
1988—1989 Flag SSSR Zarya (Kaluga) 61 (11)
1990 Flag SSSR Asmaral 9 (1)
1990 Flag SSSR Volga (Tver) 17 (5)
1991 Flag Ukraini Elektron (Romn)
1992 Flag Rossii (1991—1993) Volga-Trion 6 (1)
1992—1993 Flag Ukraini Elektron (Romn) 9 (3)
Klub faoliyati (Futzal)
1993—1994 Flag Rossii Zarya (Velikiy Novgorod)
1995—1996 Flag Rossii TTG
Klub faoliyati (Yopiq aranada futbol)
1993—1995 Flag Rossii Poligran
Murabbiylik faoliyati
1996—1998 Flag Rossii TTG-Yava Murabbiy
1999—2000 Flag Rossii TTG-Yava
2000—2001 Flag Rossii Norilskiy Nikel
2002—2004 Flag Rossii TTG-Yava
2005 Flag Rossii Boevoe Brtastovo
2006—2007 Flag Uzbekistana Oʻzbekiston futzal terma jamoasi
2007—2012 Flag Rossii Spartak-Shyolkovo Murabbiy
2010—n. v. Flag Rossii Avangard (Solnechnogorsk) DSYUSH

Pavel Aleksandrovich Bezglyadnov (1961-yil 5-yanvar, Moskva) – sovet va rus futbolchisi. Futbolchilik faoliyatidan soʻng futzalda ham bir muddat oʻynadi va keyinchalik futzal jamoalarida murabbiylik qilgan. Futzal boʻyicha xalqaro toifadagi Rossiya sport ustasi (1995).

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zelenograd shahrining 2-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi va SSKA yoshlar sport maktabida dastlabki sport saboqlarini olgan. SSKA yoshlar sport maktabida Mixail Nikolaevich Perevalov murabbiyligi ostida oʻynadi.

U 1979-yilda „Krasnaya Presnya“ jamoasi tarkibida professional futbolda debyut qilgan. Yarim mavsum davomida u Moskvaning „Spartak“ klubi yoshlar jamoasi tarkibida oʻynadi. Deyarli oʻn besh yil davomida Bezglyadnov SSSR va Ukrainaning birinchi va quyi ligalari jamoalari tarkibida oʻynadi. 1993-yilda u „Zarya“ (Veliy Novgorod) futzal klubida mavsum oldi mashgʻulotlarida qatnashdi va futzal jamoasida oʻynay boshladi. U 1995/1996-yilgi mavsumni Yugorskning „MFC TTG“ jamoasida oʻtkazgan, keyinchalik u yerda murabbiy boʻlib ishlagan.

Uning qoʻl ostida futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 2006 va 2007-yillardagi Osiyo chempionatlarida qatnashgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Futzal kubogi egalari kubogi sohibi: 1995
  • Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori: 2000/2001
  • Rossiya mini-futbol chempionatlarining bronza medali sovrindori: 1995/1996, 1996/1997

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]