Kontent qismiga oʻtish

Paul von Hindenburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Paul von Hindenburg
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1847-yil 2-oktyabr
Vafoti 1934-yil 2-avgust
Turmush oʻrtogʻi Gertrud von Hindenburg
Bolalari Oskar von Hindenburg,
Irmengard Pauline von Hindenburg,
Annemaria von Hindenburg
Kasbi nemis generali marshal

Paul von Hidenburg — (1847-yil 2-oktyabr, 1934-yil 2-avgust) nemis generali va feldmarshali. Prussiya ofisseri oilasida tavallud topgan.

Paul von Hidenburg (1860)

Hidenburg 18 yoshida letenant boʻlib, 3-gvardiyachi piyodalar polkida xizmat qilgan. U Berlin uchun boʻlgan urushlarda ishtirok etgan. 1870—1971-yillardagi Fransiya-Prussiya urushining qatnashchisi, 1914—1918-yillardagi Birinchi Jahon urushida 8-nemis armiyasiga qoʻmondonlik qilgan. 1866-yilgi Avstriya-Prussiya urushida qatnashgan. 1885-yildan Bosh shtabda, uch yildan keyin armiya korpus shtabida va harbiy vazirlikda piyoda qoʻshinlar boʻlimi boshligʻi, 893-yildan 1911-yilga qadar piyodalar polkining komandiri, armiya korpusi shtabi boshligʻi, dviziya boshligʻi va 4-armiya korpusi komandiri lavozimlarini egallagan. 1911-yilda Prussiyada koʻrsatgan xizmatlaridan keyin nafaqaga chiqqan.

Marshal Hindenburg 1914-yil

1914-yilning sentyabrida piyodalar generali fon Gidenburgni 9-nemis armiyasi qoʻmondoni qilib tayinlashgan. Oʻsha yilning oktyabrida esa u Germaniyaning sharqdagi Bosh qoʻmondoni boʻlgan. 1919-yilda Hidenburg ikkinchi marta isteʼfoga chiqgan. Isteʼfodagi marshal 1925-1932-yillarda oʻng partiyalar ittifoqi tomonidan Veymar Respublikasining prezidenti qilib saylangan. Hidenburg „Temir dubulgʻa“ harbiy tashkilotining raisi boʻlgan. 1932-yilda sotsial-demokratik partiya namoyondalarining yordami bilan yana bir muddatga prezidentlikka saylangan[1].

Hidenburg 1934-yii Noydekda (Gʻarbiy Prussiya, hozirgi Polsha vafot etgan. 12-avgustda yaʼni marshalning oʻlimidan bir yarim hafta oʻtganidan soʻng uning vasiyati eʼlon qilingan. Hujjatning qalbakilashtirilganligidan hech kim shubha qilmagan. Vasiyat quyidagi jumlalar bilan boshlangan: „ Mening kanslerim Adolf Gitler va uning harakati nemis xalqiga barcha irqiy kelishmovchiliklardan hamda ijtimoiy sharoitlarning farqlaridan yuqoriroqqa koʻtarilib, ichki birdamlikka imkon yaratdi. Men koʻzlarimni bizning vatanimizning kelajagiga qatʼiy ishongan holda xotirjam yuma olaman“. Nemislar chekinayotganlarida Hidenburgning qabrini portlatib yuboradilar[2]. Hidenburg 1933-yilning kuzidan boshlab jiddiy hastaligi tufayli siyosiy jarayonlardagi faolligi ancha susayagan. U 86 yoshida oʻpka saratoni hastaligi bilan vafot etgan. Vafot kuniga qadar oʻz lavozimida faoliyat yuritgan. Hidenburgning oʻlimidan soʻng Adolf Gitler Germaniyaning rasmiy prezidenti etib saylangan. 1937-yilda Germaniya Imperiyasi tomonidan Hidenburg nomidagi urush kemasi yaratilgan[3].


  1. „Paul von Hindenburg“. britannica.com. 2024-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  2. „XX asr: taqdirlarda aks etgan tarix (Shuhrat Ergashev)“. kitobxon.com. 2015-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  3. „The First World War“. books.google.co.uz. 2023-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.