Avstriya-Prussiya urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Avstriya-Prussiya urushi (1866) – Avstriya bilan Prussiya oʻrtasida koʻpdan beri davom etib kelgan janjalga barham bergan, Germaniyani birlash-tirishda qaysi nemis davlati hukmron boʻlishi mumkin degan masalani hal etgan urush. Prussiya kansleri Bismark urushga diplomatik va harbiy jihatdan puxta tayyorlik koʻrib, Fransiya va Rossiyaning bu urushda betaraf boʻlishi toʻgʻrisidagi va’dalarini oldi.Urushning dastlabki kunlaridayok, Avstriyaning ojizligi sezilib qoldi. 1866-yil 3-iyulda Sadova yonida avstriyali-klarga qattiq zarba berildi. Bu bilan Av-striyaning bundan keyin Germaniyani birlashtirish ishiga da’vogar boʻlmasligi masalasi hal etildi. Avstriya-Prussiya yarash bitimi 26-iyulda Nikolsburgda, sulh shartnomasi esa 23-avgustda Pragada imzolandi. Urush natijasida Prus-siya oʻz hududini ancha kengaytirdi va u boshchiligida Shimoliy german davlatlari ittifoqi tashkil topdi. Avstriya bu ittifoqdan chetda qoldi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Avstriya-Prussiya urushi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil