Kontent qismiga oʻtish

Patrīcija Eiduka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Patrīcija Eiduka
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Latviya bayrogʻi Latviya
Tavallud sanasi 1-fevral 2000-yil (2000-02-01) (24 yosh)
Riga, Latviya
Boʻyi 160 sm
Vazni 50 kg
Sport
Mamlakat Latviya
Qaysi sport Changʻi sporti
Klubi Aizkraukle

Patrīcija Eidukalatviyalik changʻichi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Patrīcija Eiduka oʻsmirlar oʻrtasidagi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. 5 km masofaga oʻtkazilgan fristayl musobaqasida 21-oʻrinni egallagan[1]. Bir yil oʻtgach, kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut qilgan. Sprint musobaqasining saralash bosqichida 56-oʻrinni egallagan[2].

2018-yil yanvar oyida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 10-oʻrinni egallagan. Bu koʻrsatkich latviyalik sportchilar uchun yoshlar oʻrtasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi[3]. 18 yoshli Patrīcija Latviyaning Pxyonchxandagi olimpiada oʻyinlarida ishtirok etuvchi delegatsiyasi tarkibiga kiritilgan[4], Olimpiadada ikki yoʻnalish boʻyicha ishtirok etgan: sprint bahslarida 62-oʻrinni egallagan. 10 km masofaga oʻtkazilgan poygani 44-oʻrin bilan yakunlagan. Bu koʻrsatkich ayni paytda latviyalik changʻichilarning olipiya oʻyinlardagi eng yuqori natijasiga aylangan[5].

2018-yilning noyabr oyida jahon chempionatida debyut qilgan: sprint yoʻnalishining saralash bosqichida 73 ishtirokchi orasida 66-oʻrinni egallagan[6]. 2019—2020-yilgi mavsumda jahon kubogidagi ilk ochkolarini qoʻlga kiritgan. 10 km masofaga oʻtkazilgan poygada 27-oʻrinni egallagan[7].

2021-yilgi Tour de Ski yakunlariga koʻra, Eiduka umumiy jadvalda 24-oʻringa koʻtarilib olgan va bu bilan avstriyalik sportchilar orasida eng yuqori natija sohibasiga aylangan[8]. keyinchalik mazkur natijasini ikki marta yangilashga muvaffaq boʻlgan. 14 va 8-oʻrinlarni egalladi. 2023-yilda 14- va 2024-yilda 8-oʻrinni egallagan[9][10].

2022-yil fevral oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 10 km masofaga oʻtkazilgan klassik uslubdagi bahslarida Eiduka changʻi sporti boʻyicha Latviya tarixida birinchi jahon chempionati medalini qoʻlga kiritgan sportchiga aylangan. Marra chizigʻini Shveytsariyalik gʻolib sportchi Anja Weberdan 1.3 soniya kechroq kesib oʻtgan va kumush medalni qoʻlga kiritgan[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Slēpotāja Patrīcija Eiduka iegūst 21.vietu JZOS Lillehammerē, Vīgants tikai 31.vietā“ (la). Sportacentrs.com (2016-yil 18-fevral). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  2. „Pasaules čempionātā sprintā Patrīcija Eiduka labākā no Baltijas valstīm“ (la). Sportacentrs.com (2017-yil 24-fevral). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  3. „Slēpotāja Eiduka kā pirmā Latvijas vēsturē iekļūst desmitniekā PČ junioriem (precizēts)“ (la). Sportacentrs.com (2018-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 9-aprel.
  4. Mārtiņš Mālmeisters. „Latviju Phjončhanas ziemas Olimpiskajās spēlēs pārstāvēs 35 sportisti“ (la). olimpiade.lv (2018-yil 22-yanvar). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Dāvids Ernštreits. „Jaunajai slēpotājai Eidukai Phjončhana var būt pirmā un vienīgā olimpiāde“ (la). lsm.lv (2018-yil 21-fevral). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Eiduka un Bikše starp atpalicējiem PK distanču slēpošanā sprinta kvalifikācijā“ (la). Delfi (2018-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  7. „Season prep interview with last seasons green bib winner“ (en). FIS (2023-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  8. „Латвийская лыжница Патриция Эйдука поставила жирную точку в "Тур де Ски"“ (ru). Sputnik (2021-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
  9. „Eiduk’s “Tour de Ski” ends with 13th place in the last stage and 14th position in the overall standings“ (en). Baltics News (2023-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  10. „At the age of 23, Eiduka joins the circle of experienced leaders, the role of queen is soon expected for the skier“ (en). Baltic News (2024-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  11. „Лыжница Эйдука принесла Латвии историческую медаль на чемпионате мира“ (ru). Sputnik (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.