Pastitsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pastitsi (maltacha: Pastizzi) — anʼanaviy shirin boʻlmagan Malta pishirigʻi. Odatda, pastitsi ricottadan nachinka bilan tayyorlanadi va ular maltachada pastizzi taʼ l-irkotta deb ataladi yoki noʻxat pyuresi bilan tayyorlanadi va keyin ular maltachada pastizzi tal-piżelli. Pastitsi — taniqli va juda mashhur Malta taomidir.

Ovqat pishirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pastitsi odatda romb shaklida yoki oʻtkir uchli qayiqcha shaklida tayyorlanadi. Ular yunoncha fillo xamiriga oʻxshash xamirdan tayyorlanadi, ammo bu pishiriqni oʻzbek somsasi xamirini eslatuvchi qatlama xamirdan tayyorlash retseptlari ham mavjud. Nachinka odatda: rikotta pishlogʻi, noʻxat pyuresi yoki goʻsht qiymasi. Maltada koʻplab pastitseriyalar (maltacha pastizzerija) mavjud, odatda, bu gaz yoki elektr pechlarida temir listlarda pirojoklar pishiradigan kichik oilaviy kafelar.

Dunyoda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pastitsi maltaliklar orasida shunchalik mashhurki, ular boshqa mamlakatlarga koʻchib oʻtganidan keyin ham ularni nafaqat oʻzlari uchun, balki sotish uchun ham tayyorlashda davom etmoqdalar. Pastitseriyalar Avstraliyada, Kanadada, Buyuk Britaniyada, AQShda, Malta jamoalari boʻlgan hamma joyda mavjud.

Pastitsiyalar Malta tilida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mashhurligi tufayli „pastitsiyalar“ soʻzi Malta tilida koʻp maʼnoga ega[1]. U pishiriqning shakli tufayli ayol jinsiy aʼzosi uchun evfemizm sifatida va biror narsani „arzimas narsa“ deb taʼriflash uchun ishlatiladi. Malta tilidagi jinbiegħu bħall-pastizzi („pastitsi kabi sotish“) idiomasi bitmas-tuganmas, doimiy talabga ega boʻlgan mahsulotni tasvirlash uchun „issiq pirojokdek sotiladi“ iborasiga teng[2][3][4]. Jinħarġu bħall-pastizzi boʻlgan narsalar pastitsi kabi paydo boʻladi, ular juda tez, baʼzan hatto haddan ortiq tez paydo boʻladi, deb aytish mumkin[5][6][7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Spice Journey: Adventures in Middle Eastern cooking, by Shane Delia. ISBN 1952533384, 9781952533389
  • Maltese in Detroit, by Diane Gale Andreassi, Larry Zahr U.O.M. ISBN 1439640815, 9781439640814

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fabri, Ray (2009) Maltese linguistics: a snapshot; in memory of Joseph A. Cremona (1922-2003) Bochum: Brockmeyer ISBN 978-3-8196-0734-9 p.44
  2. „No candle in the wind“. The Times of Malta (21-iyun 2003-yil).
  3. „ThinkSite.eu“. Thinksite.eu. 2020-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-sentabr 2017-yil.
  4. The Malta Independent Online by Michael Bugeja
  5. Wara dik il-werqa bellusija by Julia Farrugia
  6. Paraventi u inkompetenza
  7. Dibattiti tal-Kamra tad-Deputati (Rapport Uffiċjali u Rivedut): L-Għaxar Parlament, Seduta Nru. 311, It-Tlieta, 1 ta’ Novembru, 2005 (Wayback Machine saytida 2013-12-24 sanasida arxivlangan) (in Maltese). Stampat fl-Uffiċċju ta' l-Iskrivan, Kamra tad-Deputati. Accessed January 2012. "Debates of the House of Representatives... 1 November 2005"