Parkent kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Parkent kanali va Gʻazalkent gidrouzeli (keyinda)
Parkent kanali Parkent shahri yaqinda (sentyabrda)

Parkent kanali - Toshkent viloyatida kuril gan yirik gidrotexnika inshooti. Kanal viloyatning Boʻstonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Ohangaron tumanlari togʻ oddi yonbagʻiri hududidan oʻtgan. Chirchiq daryosida qurilgan Chirchiq GES kaskadi (Gʻazalkent gidrouzeli) inshootidan suv ..... oladi. Kanal n ing 1-navbati (69 km) 1975-1983 yillarda, 2-navbati (14,3 km) 1988—1997 yillarda qurilgan. Uning loyiha uz. 96 km, foydalanishga topshirilgan qis-mi 83,3 km. Kanalning bosh qismi kengligi 6–7 m, chuq. 3,6—3,8 m, quyi qismida esa tegishlicha 2—2,5 va 2,1 — 2,4 m. Bosh qismida eng koʻp suv sarfi 51–57 m³/s, quyi qismida 7-10,4 m³/s. Kanal trassasi murakkab relyef va geologik sharoitlarda (tuprokli, qoya va yarim qoya, yirik tosh jinslari) barpo etilgan. Oʻzanning 38,7 km ga beton toʻshama yotqizilgan. Ayrim joylarda tuproq 30–40 m gacha chuqurlikda qazilgan yoki 20 m gacha balandlikda koʻgarmalar barpo kilingan. Kanalda 12 ta dyuker, 8 ta akveduk, 1 ta suv toʻsish inshooti, 1 ta temir yoʻl kuprigi, 86 ta suv chiqargich, 7 ta gidropost, 8 ta toshqin tashlamasi, 8 ta sel tashlamasi, 9 ta seleduk, 46 ta kanal osti quvuri, 21 ta avtomobil kuprigi va boshqa inshootlar kurilgan. Yirik dyukerlar jumlasiga Oqsoqotasoy (uz. 204,7 m, suv utkazish imko-niyati 57m³/s), Ulkanotchisoy (54 m³/s), Yuzuriksoy, Yoyilmasoy, Parkentsoy, Otchopkansoy, Samsaraksoy va boshqa kiradi.

Kanal Chirchiq daryosining chap vodiysidagi 30,3 ming ga sabzavot, gʻalla ekinlari, tokzor va bogʻlarni sugʻorishga xizmat qiladi.

Ziyomiddin Artukmetov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil