Panjara ortida
Prison Break | |
---|---|
![]() | |
Janri |
Serial drama Harakatli triller |
Muallif(lar) | Paul Scheuring |
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Ramin Djawadi |
Mamlakat | AQSh |
Til(lar) |
Inglizcha Ispancha Arabcha |
Mavsumlar soni | 5 |
Qismlar soni | 90 (Qismlar roʻyxati) |
Ishlab chiqarish | |
Ijrochi produser(lar) |
Marty Adelstein Neal H. Moritz Dawn Parouse Brett Ratner Paul Scheuring Matt Olmstead Kevin Hooks Michael Pavone Dawn Olmstead Vaun Wilmott Michael Horowitz Nelson McCormick |
Muharrir(lar) |
Etienne Des Lauriers Scott Eilers Eric Seaburn Warren Bowman Kaja Fehr James Coblentz |
Joy |
United States: Chicago, Illinois Joliet, Illinois Dallas, Texas Pensacola, Florida Los Angeles, California Canada: Toronto, Ontario Vancouver, British Columbia Other countries: Panama City, Panama Rabat, Morocco Casablanca, Morocco Ouarzazate, Morocco |
Kinematografiya |
Fernando Argüelles Jeffrey C. Mygatt Robert LaBonge Chris Manley Robbie Greenberg |
Qism davomiyligi | 42 daqiqa |
Ishlab chiqaruvchi kompaniya(lar) |
Original Film Adelstein/Parouse Productions 20th Century Fox Television |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal | Fox |
Tasvir formati |
480i (SDTV) 720p (HDTV) 1080i (HDTV) |
Premyera sanasi |
Original seriyalar: |
Tarixi | |
Shuningdek qarang | Breakout Kings |
Panjara ortida (inglizcha: Prison Break; asl tarjimasi: Qamoqdan qochish) — Amerika TV seriali. Rejissor — Paul Scheuring. Serial 5 ta fasldan iborat. Dastlabki 4 ta fasl 2005-yil 29-avgustdan 2009-yil 15-mayga qadar suratga olingan. Oxirgi 5-fasl 2017-yil 4-apreldan 30-maygacha suratga olingan. Serial ikki aka-uka haqida boʻlib, ulardan biri qotillikda ayblanib oʻlim jazosiga hukm qilinadi, ikkinchisi esa uni qutqarish uchun harakat qiladi.
Serial voqelari ikki aka-uka: Lincoln Burrows va Michael Scofield atrofida aylanadi. Linkoln qilmagan gunohi uchun oʻlimga hukm etiladi. Maykl esa puxta oʻylangan reja orqali akasining qamoqdan qochishiga va uning nomini oqlashga yordam bermoqchi boʻladi. Voqealar shu tarzda boshlanadi. Panjara ortida seriali 2003-yilda uzoq muddatga moʻljallangan kelishuv Foks tomonidan rasman rad etilgan. Ammo „Lost“ (Yoʻqolish) va „24“ nomli seriallarning mashxurligidan keyin Foks 2004-yilda bu serialga qaytdi. Serialning birinchi fasli ijobiy qarshi olindi va reytinglarda yaxshi oʻrinni egalladi. „Panjara ortida“ serialining birinchi fasli, asllida 13 qismdan iborat boʻlishi kerak boʻlgan. Ammo serialning kutilmaganda mashxur boʻlishi qoʻshimcha yana 9 ta seria bilan kengaytirilgan. „Panjara ortida“ seriali ilk faslidayoq bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritdi. Xususan, 2005-yilda eng yaxshi televizion drama serial uchun beriladigan „Golden Globe“ (Oltin globus) sovrinini, 2006-yilda odamlarning sevimli yangi dramasi sovrinini qoʻlga kiritdi. Bu serialning 5 fasli ham AQSh va butun dunyo boʻylab ommaga taqdim etildi.
Serialning 1-fasli 2005-yil 29-avgustdan boshlab efirga uzatilgan va 2006-yil may oyida 1-fasl tugagan. 2-fasli esa 2006-yil avgustidan 2007-yil apreligacha efirga uzatilgan. 3-fasli 2007-yil sentabrdan 2008-yil fevraligacha hamda 4- fasli 2008-yil sentabrdan 2009-yil mayigacha efirga uzatilgan. Uzoq yaʼni 8 yillik tanaffusdan soʻng 2017-yilda serialning 5-fasli efir yuzini koʻradi. 2020-yil „Panjara ortida“ serialining 6-fasli efirga uzatish rejalashtirilgan. Bu fasl final yaʼni oxirgi fasli deyilayapti.Ushbu film ayni damda TarraqiyotTV kanali orqali tarjima ishlari olib borilmoqda aytishlariga qaraganda 6 fasli 10 qismdan iborat bo‘lar ekan. Filmni shu yilning 30 dekabr kuniga efirga uzatish rejalashtirilmoqda deyilayapti. Balki undan ham erta efir yuzini ko‘rishi mumkin
Fasllar[tahrir]
Fasllar | Qismlar | Suratga olingan | |||
---|---|---|---|---|---|
Boshlangan | Tugatilgan | ||||
1 | 22 | 2005-yil 29-avgust | 2006-yil 15-may | ||
2 | 22 | 2006-yil 21-avgust | 2007-yil 2-aprel | ||
3 | 13 | 2007-yil 17-sentyabr | 2008-yil 18-fevral | ||
4 | 24 | 2008-yil 1-sentyabr | 2009-yil 15-may | ||
5 | 9 | 2017-yil 4-aprel | 2017-yil 30-may |