Palto kiygan ot haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palto kiygan ot — mashhur rus maqoli qahramoniga Sochida oʻrnatilgan yodgorlik. 2007-yil iyun oyida Sochi markaziga „Kim, kim? Palto kiygan ot!“ komediya obrazidan ilhomlanib oʻrnatilgan.

Yodgorlik muallifi — Sochi haykaltaroshi Akop Xalafyandir.

Yodgorlikning tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qimmatbaho ingliz paltosini kiygan, chap tuyogʻida bir piyola sharob va tishlarida asl tamaki toʻldirilgan trubka tishlab olgan holda old oyoqlarini choʻzgan holda oʻtiradi. Ot oʻziga xos tabassum bilan jilmayadi: hayotdan lazzat olib qol!

Manzili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haykal kompositsiyasi Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi, Sochi shahrining Markaziy tumanidagi Teatralnaya koʻchasida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paltodagi ot figurasi 2007-yilda Sochi haykaltaroshi A. A.Xalafyan tomonidan yasalgan. Ogʻirligi 80 kg.dan ortiq boʻlgan qora metalldan yasalgan katta diametrli suv quvurining bir qismidan yodgorlikni yasashda foydalanilgan. Haykaltarosh temirchilik oʻchogʻi, bolgʻa, kuvalda va payvandlash uskunasidan foydalangan.

Haykalni moliyalashtirishni Sochi homiylaridan biri zimmasiga olgan, xarajatlar miqdori 120 ming rublni tashkil etgan. Yodgorlikni Sochi shahri sotib olgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]