Gorn (pech)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gorn — metallarni eritish, qayta eritish, qizdirish, keramik buyumlarni pishirish uchun moʻljallangan pech; shaxtali vaterjeket pechlarning yoqilgʻi yonadigan pastki qismi (qarang Vagranka, Domna ishlab chiqarishi). Qadimda G.dan rudadan toʻgʻridan-toʻgʻri xomaki temir olishda foydalanishgan. Zamonaviy G. ichiga gʻisht terilgan usti ochiq poʻlat qutidan iborat. Uning yon tomonida havo yuboriladigan furma (kalta quvur) bor. Gazsimon yonish mahsulotlari uning yuqori qismidan chiqib ketadi. G. pistakoʻmir, koks, neft yoki gazda ishlashi mumkin. F.i.k. kichik (5%) boʻlgani uchun sanoatda keng foydalanilmaydi. Metallurgiyada tigelli G., ruda konsentratlaridan qoʻrgʻoshin olishda esa maxsus G. ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil