Palos (sho‘rva)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palos (veng.: palócleves) — vengercha shoʻrva turi boʻlib, gulyashga oʻxshab ketadi, lekin mazasi yengilroq va ozgina nordonroq. Keng tarqalgan fikrlarga zid ravishda[1] Palos shoʻrvasining nomi vengerlarning Vengriya shimoli hamda Slovakiyaning janubida yashovchi kichik guruhi (Polovtsy)[2] nomi bilan bogʻliq emas.

Shoʻrvaning kelib chiqishiga doir bir necha rivoyat bor, ammo aniq taxminlar mavjud emas. Rivoyatlardan eng mashhuriga koʻra, shoʻrva muallifi sifatida Karoy Gundelning otasi Yanosh Gundel koʻrsatilgan. U Palos qishlogʻida dunyoga kelib, palosliklar haqida koʻplab asarlar bitgan taniqli yozuvchi Kalman Miksat taklif etilgan restoran ochilishi tantanalari munosabati bilan shu shoʻrvani tayyorlagani aytiladi[3]. Gundel shoʻrvani Miksatning „palosliklarning eng buyugi“ maʼnosini beruvchi taxallusi bilan nomlaydi. „Oshpazlik sanʼati va venger oshxonasi“ oshpazlik kitobi muallifi, jurnalist Elek Madyarning taʼkidlashicha, oshpazlik tanlovi uchun pishrilgan shoʻrva hakamlar hay’atiga shunchalik maʼqul keladiki, ikki kosadan tanovul qilishadi[4][5].

Palos shoʻrvasi qoʻy, choʻchqa yoki mol goʻshtidan, ayrim hollardagina kurka goʻshtidan tayyorlanadi. Ziravorlar qoʻshilib qovurilgan piyozga goʻsht qoʻshiladi va bulyon yoki suv quyiladi. Goʻsht pishay deganda sabzavotlar (kartoshka, fasol, sabzi) qoʻshiladi. Avvalgi reseptlarda sabzavotlar alohida tayyorlab olingan. Ziravorlar: zira, dafna yaprogʻi, achchiq qizil qalampir, bulgʻor qalampiri. Shoʻrvaga, odatga koʻra, un qoʻshib quyuqlashtirilgan smetana qo0Sshiladi, lekin alohida idishda ham tortish mumkin. Shoʻrvaga nordonroq taʼm berish uchun sirka yoki limon qoʻshiladi. Tayyor shoʻrva dasturxonga tortilishdan avval, unga shivit sepiladi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Clifford A. Wright „palóc soup“,. The Best Soups in the World. Houghton Mifflin Harcourt, 2011. ISBN 9780544177796. 
  2. Palotsi na BEYu
  3. К. Гундель 2006.
  4. http://www.origo.hu/tafelspicc/recept/20150623-palocleves-amit-nem-is-a-palocak-talaltak-ki-recept-mikszath-gundel.html
  5. arxiv nusxasi, 2015-06-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-11
  6. https://www.russianfood.com/recipes/recipe.php?rid=120002

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Karoy Gundel. Sup a-lya palots // Vengerskaya kuxnya / Soavtori: K. Mark, Ya. Rakotsi, E. Reberger, F. Gundel. — Budapesht: Korvina, 1959. — S. 17. — 116 s.
  • Karoy Gundel. Palotskiy sup // Malaya vengerskaya povarennaya kniga / per. s veng. M. Pogan-Redei i N. Aretinskoy. — 13-e. — Budapesht: Korvina, 2006. — S. 18—19. — 100 s. — ISBN 963-13-5540-3.
  • Tityunnik A. I., Novojenov Yu. M. Sup „Palots“ // Sovetskaya natsionalnaya i zarubejnaya kuxnya. — 2-e. — M.: „Visshaya shkola“, 1981. — S. 290. — 479 s. — 100 000 ekz.