Palak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palak (miloddan avvalgi 2-asrning 2yarmi) — skiflar podshosi, shoh Skilurnint oʻgʻli. P. Xersonesga qarshi harakat qilgan skiflar qoʻshiniga rahbarlik qilgan. Skiflar Mitridat VI tomonidan Xersonesga yordamga yuborilgan Diofant qoʻmondonligi ostidagi Pont armiyasidan magʻlubiyatga uchragan. P. oradan bir oz vaqt oʻtgach, roksolanlar yordamida ikkinchi bor yurish qilgan, lekin, bu gal ham skiflar Pontdan qayta yordamga kelgan koʻshinlardan yengilganlar. Skiflar podshohligi Mitridat VI ga karamligini tan olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil